Özbekiston közi ojiz, körişda nuqsoni bölgan va bosma axborotni idrok etişda boşqa jihatdan qobiliyati çeklangan şaxslarning naşr etilgan asarlardan foydalanişini yengillaştiriş töğrisidagi Marokaş şartnomasiga (2013 yil 27 iyun, Marokaş) qöşildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mazkur xalqaro şartnomani amalga oşiriş yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirgandan keyin Özbekistonning majburiyatlari bajarilişini ta’minlaydi.
2013 yil 27 iyunda qabul qilingan Marokaş şartnomasi “global kitob oçligi” muammosini hal qilişga qaratilgan. Har yili dunyo böylab çop etiladigan millionlab kitoblarning atigi 7 foizi köriş qobiliyati buzilgan 285 million odamga taqdim etiladi, ularning 90 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yaşaydi.
Şu munosabat bilan, Marokaş şartnomasiga qöşiliş gumanitar va ijtimoiy jihatlarga ega bölib, şartnomaning imzolanişi köriş qobiliyati va boşqa nogironligi bölgan şaxslar foydalanişi uçun moslaştirilgan kitoblar, jurnallar va boşqa bosma materiallar işlab çiqarilişini kengaytiradi va ijtimoiy zaif guruhlar ta’lim olişi, madaniy-ma’rifiy rivojlanişi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.
Ayni paytda dunyodagi 68 davlat, jumladan, MDHga a’zo mamlakatlardan Qirğiziston (2017), Rossiya (2018), Ozarboyjon (2018), Tojikiston (2019) Marokaş şartnomasi iştirokçisi hisoblanadi.













