Avstraliya soğliqni saqlaş vazirligi koronavirusga qarşi emlanmagan serbiyalik tennisçi mamlakatga xavf solmasligini tasdiqladi. Bu haqda Serbiyaning RTS telekanali xabar berdi. 

"Avval taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, Novak Jokoviç koronavirus bölib soğaygani va emlanmagan bölişiga qaramasdan, u koronavirusdan bir neça oyga himoyalanganini bildiramiz", - deya Avstraliya soğliqni saqlaş vazirligining mamlakat federal sudiga bergan xulosasidan iqtibos keltiradi telekanal. 

Federal sud yakşanba kuni Jokoviçning Australian Open musobaqasida qatnaşiş-qatnaşmasligi borasida qaror çiqaradi.

Novak Jokoviç Australian Open musobaqasining töqqiz karra va amaldagi ğolibi hisoblanadi.