«2017 yil mudofaa vazirini Kattaqörğonda işdan olgan edim. Öşanda Kattaqörğondagi poligonga borib, u yerdagi holatni, askarlarning şaroitini körib lol qolganman. Şu sabab vazirni işdan olgandim. Hozir boringlar, qanday özgariş bölganini körasiz», dedi prezident.
Ma’lumot uçun, 2008 yildan 2017 yilga qadar Qobul Berdiyev mudofaa vaziri lavozimida işlagan. Uning örnini 2017 yil hozir DXX raisi bölib işlayotgan Abdusalom Azizov egallagandi. 2019 yildan esa Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri lavozimida işlamoqda.
Şavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişida iştirok etgan viloyat hokimlariga ham murojaat qilib, takliflar berişini aytdi. «Men ham hokim bölib işlaganman. U vaqtda poligonga bitta mix ham qoqa olmasdik», dedi prezident.













