Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5 yanvar kuni qisqa muddatli mehnat ta’tiliga çiqqan edi. Oradan ikki kun ötib prezident yana işga qaytdi.
«Özbekiston 24» telekanalida efirga ketgan «Menimça» telekörsatuvida prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov davlat yetakçisi nega ta’tilni erta yakunlab, ikki kunda işga qaytganiga izoh berdi. Asadovning aytişiça, prezident Qozoğistonda sodir bölgan voqealar sabab ta’tilni erta yakunlagan.
«Qozoğistondagi voqealar boşlanişi bilan prezidentimiz uçta davlat rahbari bilan telefonda gaplaşib, mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar. Xalqimiz tinçligi va xavfsizligi prezident uçun birinçi örinda turadi va u kişi doim xalqimiz bilan birga. Davlat rahbari ta’tildan erta qaytişlarining sababi Qozoğistondagi tinçlik tarafdori ekanlaridir», dedi Şerzod Asadov körsatuvda.
Ma’lumot uçun, Şavkat Mirziyoyevning oldingi galdagi mehnat ta’tillari bir hafta davom etgan. Prezident ötgan yili yanvar oyida, 2019 yil avgust oyida ta’tilga çiqib, har safar ta’tilni Özbekistonda ötkazgan.













