16 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda taniqli tadbirkor Murod Nazarovning oilaviy surati va u mehribonlik uyidan 9 nafar qizni farzandlikka olib, endilikda farzandlari soni 14 nafarga yetgani haqida xabar tarqaldi.
Kun.uz muxbiri ma’lumot oliş maqsadida Murod Nazarov bilan boğlandi. Tadbirkor 9 bolani farzandlikka asrab olganini tasdiqlab, internetdagi xabarlarda biroz noaniqlik borligi, ularning ikki nafari öğil ekanini aytdi.
“Bunday ne’mat bizga bir oy avval in’om etildi. Bu ma’lumotni hozirça faqat yaqinlarimiz bilan baham körib, farzandlarimiz biror gözal natijalarga erişgan pallalarda ommaga ma’lum qilişni niyat qilgandik. Ammo kimdir yaxşi niyatda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilibdi.
Lekin tarqalayotgan ma’lumotlar biroz notöğri talqin qilinibdi. Dekabr oyida bizga bir deganda yana 7 qiz va 2 öğilning ota-onasi bölişlik baxti nasib etdi. Biz bu holatga 10 yildan beri harakat qilayotgan edik, bundan juda xursandmiz”, dedi Murod Nazarov.
Bungaça tadbirkorning 3 qiz va 2 öğli bor edi. U endilikda Instagram sahifasidagi taniştiruv izohini “14 nafar farzandning otasi” deya özgartirgan.












