Favqulodda vaziyatlar vazirligi Çimyon toğ hududida sodir bölgan hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
«2022 yil 19 yanvar kuni taxminan soat 16:30larda Toşkent viloyati Çimyon toğ hududining dengiz sathidan 2300-3000 metr balandlikda qor köçiş holatlari kuzatilib, dengiz sathidan 1700 metr balandlikda töxtagan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, qor köçkisi taxminan 60 000 metr.kub hajmni taşkil qilişi aniqlangan. Uşbu hodisa Çimyon toğ hududining içkari qismida, aholi yaşaş joyidan taxminan 4-5 km yuqorida sodir bölgan», deyiladi vazirlik xabarida.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bölganlar töğrisida viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga ma’lumot kelib tuşmagani aytilgan.
Hozirda barça xavfsizlik çoralari körilib, fuqarolarning hududga kirmasligi va harakatni çeklaş maqsadida qöşimça belgilar örnatilmoqda.












