Prezidentning “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga köra, yoşlar bilan işlaşning yangiça boşqaruv mexanizmlarini joriy etiş, ular bilan işlaşning vertikal tizimini yaratiş, yoşlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etiş, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy işlarning samaradorligini yanada oşiriş maqsadida har bir mahallada yoşlar yetakçisi lavozimi joriy etilmoqda.

Quyidagilar yoşlar yetakçisining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • “Yoşlar balansi”ni şakllantiriş, yoşlar töğrisidagi zarur ma’lumotlarni “Yoşlar daftari” va “Yoşlar portali” elektron platformalariga kiritib boriş, ular bilan samarali iş taşkil qiliş;
  • mahallalarda yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, milliy xalq öyinlari va sport turlarini yoşlar orasida ommalaştiriş, Beş muhim taşabbus loyihalari, yoşlar festivallari va boşqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oşiriş;
  • yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş, iqtidori, iste’dodi va taşabbuslarini rağbatlantiriş hamda hayotda öz örnini topişlariga kömaklaşiş;
  • yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda ularning intellektual jihatdan kamol topişini va ma’naviy rivojlanişini ta’minlaş;
  • huquqbuzarlik sodir etişga moyilligi bölgan yoşlar bilan tizimli işlaş, jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslaştirilgan öquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoşlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinişi va moslaşuviga kömaklaşiş.

Yetakçilar öziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini madaniyat va san’atni tarğib qiliş, soğlom turmuş tarzi va sportni ommalaştiriş, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanişni taşkil qiliş, ma’naviyat va kitobxonlikni tarğib qiliş, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va huquqiy savodxonlikni oşiriş, tadbirkorlik ğoyalarini qöllab-quvvatlaş kabi asosiy yönalişlarda amalga oşiradi.

Qarorga köra, har çorakda mahallada yoşlar siyosatini samarali amalga oşirişda yuqori natijadorlikka erişgan mamlakat böyiça eng ilğor