Eron bilan yadro kelişuvi: muzokaralar boşi berk köçaga kirgan, Yaqin Şarq eng yomon ssenariyga tayyorlanmoqda
|00:47 / 21.01.202225 79010 min
Ğarblik diplomatlar Eron yadro dasturi böyiça kelişuvni yangilaş vaqti ötib borayotganidan xavotirda. Vaqt-ku hali ötib ketgani yöq, lekin tomonlar yanvar oyi yakuniga qadar kelişa olmasa, keyingi muzokaralar puçga çiqişi mumkin. Bitimga kelinmasa, Yaqin Şarq navbatdagi muammo girdobiga tuşib qolişi ehtimoli yuqori.
Tehron. Sobiq AQŞ elçixonasi devoridagi graffiti. Eronda yadro dasturi böyiça kelişuv yakuniga köra mamlakatdan iqtisodiy sanksiyalar olib taşlanişiga umid qilişmoqda. Foto: Getty Images
Venada «4+1» formatidagi muzokaralar noma’lum muddatga töxtab qolgan. Unda AQŞ, Britaniya, Germaniya va Fransiya bir tomonda, Eron bir tomonda turib muzokaraga kirişgandi. Diplomatlar öz hukumatlari bilan maslahatlaşgaç, ortga qaytişdi. Muzokaralarning töqqizinçi raundi şu hafta oxirida boşlanişi kerak, ammo iştirokçilarning aksari ijobiy natijaga erişiş mumkinligiga şubha bilan qaray boşladi.
Kompleks harakatlar rejasi deb nomlanmiş Eron yadro dasturi böyiça kelişuv 2015 yil Barak Obama administratsiyasi hamda Eron örtasida imzolangan. Kelişuv şartlariga köra, Eron AQŞ tomonidan iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinişi evaziga yadro dasturini rivojlantirmasligi kerak edi. Bu esa amalda Eron yadro dasturini muzlatişga xizmat qilardi.
2018 yilda AQŞning 45-prezidenti Donald Tramp Eron yadro dasturidan voz keçmagani, aksinça uni rivojlantirayotganini iddao qilib, AQŞni kelişuvdan olib çiqib ketdi. Şundan buyon Eron AQŞ bilan yanada yovlaşib qolgan. Oq uy rahbarligiga kelgan Jo Bayden esa tomonlar tezda yana muzokaralar stoliga ötirişi kerakligini aytgandi. Biroq ğarblik ekspertlar bu borada muvaffaqiyatli yeçimga keliş deyarli imkonsiz ekanini aytişmoqda.
Ötgan hafta juma kuni Yevropa Ittifoqi davlatlarining taşqi işlar vazirlari iştirokidagi sammitda Eron yadro dasturi ham muhokama qilindi. Unda iştirok etgan Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Iv le Drian Tehron bilan muzokaralar odamni qiynaydigan darajada çözilib ketganini ta’kidlagandi. «Xullas, hozir vaziyat şunaqa: yoki [AQŞ va Eron örtasidagi] kelişuvga qaytiladi yoki biz Eron dasturi körinişidagi jiddiy inqiroz örtasiga tuşib qolganimizni tan olişga majbur bölamiz», degandi Fransiya TIV rahbari.
Vazirning sözlariga köra, Eron tez orada özining yadro qurolini yasaşga kirişadi va bu boradagi muzokaralar mantiqsiz bölib qoladi. AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Eron yadro dasturi böyiça kelişuvga erişiş uçun amalda yana ikki hafta qolganini aytdi.
Mavzuga oid
Bu Eronning makkor rejasimi?
Venadagi muzokaralarda AQŞ tomonidan mamlakatning Avstriyadagi diplomatik missiyasi vakillari iştirok etişdi. Aftidan, Eron muzokaralarda AQŞning yuqori mansabli siyosatçilarini kutgan, çunki ularning kelişuvga qaytiş böyiça asosiy şartlari aynan amerikaliklarga tegişli edi. Eronning nazdida AQŞ «muzokaralarni mensimay» Venadagi diplomatlarini yuborib qöya qolgani ularning jahlini çiqargan va bu muzokaralarni boşi berk köçaga kiritib qöygan bölişi mumkin.
Yadro kelişuviga köra Eron 15 yil içida uran zaxirasini 98 foizga (300 kg.gaça) kamaytirişga va’da bergan. Foto: Getty Images
Ammo ğarblik diplomatlar boşqaça gapirmoqda. Ularning fikriça, aslida Eron kelişuvga qaytmoqçi emas, bunga harakat ham qilmayapti. Bunga misol sifatida Venadagi muzokaralarning yettinçi raundida qayd etilgan holat misol qilib keltirilgan. Unda Eron tomoni oldingi oltita raundda özaro kelişilgan kompromisslardan boş tortgan.
Tahlilçilar fikriça, 2018 yil Trampning taşabbusi bilan yadro kelişuvi bekor qilingaç, Eron yadro dasturini rivojlantirişga şunçalik zör berganki, hozir ular vaqtdan yutiş maqsadidagina muzokaralarni ortga surmoqda.
Aslida Eron yadro kelişuviga qaytiş evaziga qator iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinişi körinişida katta mukofot oladi. Bir neça yil avval xalqaro sanksiyalar iqtisodini holdan toydirgan Eron uçun bu eng köp xohlagan narsasi bölişi mumkin edi. Biroq hozir vaziyat boşqaça va ekspertlar fikriça, bu borada Fransiya taşqi işlar vaziri haq. Eron yadro dasturini yakunlaşga yaqin kelib qoldi. Öz yadro quroliga ega bölsa, Eron uçun iqtisodiy sanksiyalar ikkinçi darajali bölib qoladi.
Qator kuzatuvçilar ortga qarab, Eron boşidan faqat vaqtni çözişga harakat qilgan, degan xulosaga kelgan.
Birinçidan, Eronni uzoq davom etgan harakatlardan keyin, 2021 yil oxiriga kelibgina muzokaralar stoliga ötirişga köndirişdi. Keyin Eron vakillari Venaga bajariş deyarli imkonsiz bölgan şartlar bilan bordi.
Xususan, ularning talablari orasida kelişuvni Oq uyda kelajakda keladigan barça administratsiyalar şarsiz bajarişi böyiça band ham bor edi. Demokratlar va respublikaçilar orasidagi doimiy ziddiyat inobatga olinsa, bu deyarli imkonsiz talab. Ammo Eronni ham tuşuniş mumkin, ular oldingi safar AQŞning demokrat prezidenti imzolagan kelişuvdan respublikaçi prezident çiqib ketişi ortidan «devorni uşlab qolgandi».
Şuningdek, Eron muzokaralar davomida öz raketalari va minaqadagi faoliyatini muhokama qiliş haqida gap bölmasligini bildirdi. Ğarb esa Eron yadro dasturi va Yaqin Şarq masalasini birga muhokama qilişni istaydi.
Eron markaziy naşrlari mamlakat AQŞ bilan erişilgan kelişuvga qaytişdan manfaatdor ekani, bu uçun esa AQŞdan jiddiy kafolat kutayotganini yozyapti. Ularda qayd etilişiça, Eron hukumatida muzokaralarning töqqizinçi raundida kelişuvga erişilişiga ehtiyotkor optimizm bilan bölsa-da umid qilişmoqda.
Bu qanday kafolat böldi?
Eron tomonining iddao qilişiça, ular yadro kelişuvi böyiça gardaniga olgan talablarni bajarayotganini tekşiruvçi butun boşli AEXA (Atom energetikasi böyiça xalqaro agentlik) taşkiloti bor, ammo Ğarbning va’dalarini bajarayotganini heç kim nazorat qilmaydi. Eron buning isboti sifatida 2018 yil AQŞ kelişuvdan bir tomonlama çiqib ketganini keltirgan. «AQŞdek işonib bölmaydigan davlat kelişuvdan çiqib ketmasligini ta’minlovçi aniq kafolat kerak», degandi Eron taşqi işlar vaziri Amir Abdullohyan.
Ğarblik diplomatlar Eronning talablarini qisman tan olib, şu hafta yakunida tiklanajak muzokaralarda ulardan aniq taklif kutişyapti. Variant sifatida AQŞ Moliya vazirligi qoşidagi Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi keltirilmoqda. Aynan şu taşkilotga Eronga qarşi sanksiyalarni bekor qiliş böyiça jarayonni işonib topşiriş mumkin, deb hisoblaşyapti. Ammo Eron AQŞ sanksiyalarini bekor qiliş jarayonini AQŞ taşkiloti nazorat qilişiga rozi bölişi qiyin. Bu borada Ğarbning harakatlarini nazorat qiluvçi alohida taşkilot tuzişga esa vaqt yöq.
Muzokaralarni tezlatiş uçun yana bir ssenariy körib çiqilmoqda: AQŞ birinçi qadam sifatida Eronga qarşi qator sanksiyalarni bekor qilişi mumkin. Ammo Eron bilan töğridan töğri rasmiy muzokara ham olib bormayotgan Oq uydan bunday himmatni kutiş qiyin.
Yaqin Şarq jiddiy özgarişga tayyorlanmoqda
Eron yadro dasturi atrofidagi mujmal muzokaralar hududda tahlikani kuçaytirgani tabiiy. Isroil mintaqadagi özining asosiy duşmani deb qaraydigan Eron yadroviy qudratini oşirişiga qöl qovuştirib qarab turmoqçi emas. Isroil boş vaziri Naftali Bennet mamlakat Eronga qarşi Venadagi muzokaralar yakunlari qanaqa bölişidan qat’i nazar mustaqil harakat qiliş huquqini saqlab qolişini eslatdi. «Isroil Kompleks harakatlar rejasi kelişuviga kirmaydi va uning qoidalariga böysunmaydi», dedi Bennet.
Eronning Arak şahrida oğir suv işlab çiqariş zavodi. Oldingi kelişuvga köra Eron bu zavod hajmini kiçraytirib, plutoniy işlab çiqarişni kamaytirişga va’da bergandi. Foto: Getty Images
Öz navbatida, Isroil AQŞning kelişuvdan çiqib ketganini olqişlagandi, çunki bu davlat Eron öziga yuklatilgan talablarni heç qaçon bajarmaydi deb hisoblaydi. Isroil tomoni rasman öz qaraşlarini özgartirmagan, isroilliklar AQŞ va Eron örtasidagi yadro kelişuvi Isroil xavfsizligi uçun tahdid deb biladi.
Isroil Eron mavzusida mintaqadagi yana ikki gigant – BAA hamda Saudiyaning qölloviga işonmoqda. Isroil Trampning vositaçiligida ular bilan yaxşi munosabatlar örnatib olgandi. Bu ikki davlat Eron bilan duşmanlik kayfiyatida. Ya’ni, Yaqin Şarqdagi AQŞning barça ittifoqçilari Eron bilan yadro kelişuvi böyiça Vaşington pozitsiyasiga muxolif tomonda turib qoldi. Ammo yana bir narsani unutmaslik kerakki, Bayden Tramp Yaqin Şarq davlatlari bilan örnatgan iliq munosabatlarni saqlab qolişni va’da qilgani yöq. Bayden barça bilan munosabatlar çegarasini mustaqil örnatmoqçi.
Ğarbning har qanaqasiga Eron bilan yadro kelişuviga qaytişga urinayotgani Tel-Aviv, Ar-Riyod va Abu Dabini xavotirga solyapti.
Ötgan yilning dekabrida Isroil boş vaziri Naftali Bennet BAAga borib, mamlakat valiahd şahzodasi Muhammad ibn Zayd ibn Sulton An-Nahayon bilan uçraşuv ötkazgandi. Bu Isroil davlat rahbarlarining BAAga birinçi taşrifi sifatida tarixga kirgan. Öşanda tomonlar Eron tahdidiga qarşi turişda hamkorlik qiliş borasida ham fikr almaşgandi.
Ammo Isroilning özida ham Kompleks harakatlar rejasi kelişuvi unçalik yomon narsa emasligi va uruşning oldini olişga xizmat qilişini aytayotgan harbiy ekspertlar topiladi.
AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken yadro kelişuviga qaytiş xavfsizlik böyiça nafaqat Yaqin Şarqning, balki AQŞning ham talablariga javob berişini aytdi. «Agar öxşamasa, boşqa qadamlarni köramiz», dedi Blinken «boşqa qadam» deganda nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmay. Ekspertlarning fikriça, gap harbiy harakatlar haqida ketayotgan bölişi mumkin.