Ma’muriy reglamentga köra, malaka oşirişga talabgor bölgan veterinariya xizmati mutaxassislari davlat xizmatlari markazlariga özi kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda röyxatdan ötadi.
Qabul qilingan arizalar körib çiqiş uçun Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markaziga darhol yuboriladi.
Malaka oşiriş markazi ariza belgilangan talablarga mosligini 3 kun muddatda körib çiqadi va malaka oşirişga qabul qiliş uçun şartnoma tuziş yoki rad etiş töğrisida talabgorga SMS xabar yuboradi.
Şundan söng 3 kun muddatda malaka oşiriş markazi bilan şartnoma imzolanadi. Şartnoma imzolangaç, 5 kun muddatda belgilangan tölov talabgorlar tomonidan amalga oşirilişi lozim. Tölov amalga oşirilmagan taqdirda, ular malaka oşiriş kurslariga qabul qilinmaydi.
Tölovni amalga oşirgan talabgorlar sonidan kelib çiqib, öquv kurslari kontingenti şakllantiriladi va öqiş boşlanadigan muddat töğrisida 1 kun içida talabgorlar xabardor qilinadi.
Davlat xizmatlari körsatilgani uçun BHMning 20 foizi (54 ming söm) miqdorida yiğim undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda, uşbu miqdor 48 600 sömni taşkil etadi.












