Xalq ta’limi xodimlari malaka oshirish kurslarida qatnashadi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Depositphotos
Hujjat prezidentning «Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi - xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash hamda ularni davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va sohaga oid qonunchilik bilan muntazam tanishtirib borishdan iborat.
Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ta’lim olishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish; masofaviy ta’lim; dual ta’lim; mustaqil ta’lim; malaka oshirishning muqobil shakllari.
Har bir xalq ta’limi xodimining uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida to‘plagan kredit ballari elektron platforma tomonidan qo‘shib chiqiladi va natijasi uning shaxsiy kabinetida aks ettiriladi, shuningdek, buyurtmachi - xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari e’tiboriga havola qilinadi.
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha ta’lim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga tegishli ravishda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar: malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat - belgilangan kredit ballarini jamg‘argandan so‘ng; qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom - kamida 576 soat hajmda ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgandan so‘ng, yakuniy attestatsiya natijasiga ko‘ra beriladi.
Tasdiqlangan nizom bilan quyidagi tartiblar ham belgilangan: elektron platforma orqali malaka oshirish; uzluksiz kasbiy rivojlantirish natijalarini jamlash va baholash hamda sifatini nazorat qilish; uzluksiz kasbiy rivojlantirishni moliyalashtirish va boshqalar.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining "Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

13:35 / 03.03.2025
Ayrim pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi beriladi

14:31 / 01.02.2025
Britaniya O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etadi

08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi

15:57 / 06.04.2024