Toşkent viloyati Zangiota tumani «Fath» jome masjidida imom noibi vazifasida işlab kelgan Solixon Ortiqxöjayev işdan böşatildi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan uşbu imom noibining internet tarmoqlaridagi keskin çiqişlari fuqarolar, ayniqsa, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvçilarning e’tirozlariga sabab bölgani qayd etilgan.
Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom noiblarning odob-axloq qoidalari hamda mehnat majburiyatlarida ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlarida fuqarolar, davlat, jamoat va diniy taşkilotlarning şa’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvçi axborot tarqatmaslik, salbiy mazmundagi keskin munozaralarga sabab böluvçi çiqişlar qilmaslik talablari qat’iy belgilab qöyilgan.
Idora tomonidan 2021 yil 30 noyabrda çiqarilgan buyruqda diniy soha xodimlari tomonidan jamoat oldida, OAV, şu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda muayyan şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan ma’lumot e’lon qiliş Mehnat kodeksida belgilangan tartibda mehnat şartnomasini bekor qilişgaça bölgan intizomiy çora körilişi qayd etilgan.
«Solixon domla Ortiqxöjayev aholi, ayniqsa, Toşkent viloyati musulmonlari orasida hurmat-ehtiromga ega bölgani e’tiborga olingan holda, 2021 yilda Özbekiston musulmonlari idorasi tizimiga imom noibi vazifasiga rasman işga qabul qilingan edi. Mazkur imom noibi xalqimizning diniy ehtiyojlarini qondirişga, taqvo, ilm-ma’rifat, Hazrati Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sunnat bölgan islomiy odob-axloq bilan samarali xizmat qiladi, deb umid qilingan edi.
Taassufki, ötgan davr davomida diniy idora Solixon domla Ortiqxöjayevning faoliyatidan kutilgan natijalarni olmadi. Domla birinçidan, aksariyat vaqtini turli hududlarda istiqomat qiluvçi muxlislari taklif etgan töy-marosimlarga sarflab, ikkinçi tomondan, yaşaş manzili uzoqda ekanini sabab qilib, biriktirilgan masjidda tölaqonli işlagani yöq.
Eng asosiysi, Solixon domla Özbekiston musulmonlari idorasi içki mehnat tartibi, buyruqlari, şuningdek, imom-xatib va imom noiblarning odob-axloq qoidalari va mehnat majburiyatlarida axborot tarqatiş, ma’ruza qiliş masalalarida yuqorida qayd etilgan talablarga rioya eta olmadi», deyiladi idora matbuot xizmati xabarda.
Ötgan davr içida Solixon domla ijtimoiy tarmoqlarda diniy soha vakili maqomiga zid çiqişlari uçun bir neça bor Özbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan ogohlantirilib, unga tegişli körsatma va tavsiyalar berilgani, Solixon domla 2021 yilda özining çiqişlarida amaldagi qonun talablarini buzgani uçun ma’muriy javobgarlikka tortilgan, ammo Solixon domla yuqorida qayd etilgan ogohlantirişlardan töğri xulosa çiqarmagani ta’kidlangan.












