Farğona şahridagi Bozorboşi köçasida joylaşgan savdo dökonida yonğin çiqdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Farğona şahar «Furqat» MFY, Bozorboşi köçasida joylaşgan savdo dökonidagi yonğin 23 yanvar kuni soat 01:08 da yuz bergan va tegişli kuç vositalari yordamida öz vaqtida bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida halok bölgan va tan jarohati olganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Farğona şahar IIO FMB huzuridagi tergov bölimi hamda FVB xodimlari tomonidan tekşiruv ötkazilmoqda.