07:31 / 24.01.2022
7321

O‘zbekiston san’at arbobi Jo‘ra Mahmudov olamdan o‘tdi

Foto: Madaniyat vazirligi

O‘zbekiston san’at arbobi, professor, teatr rejissyori, pedagog Jo‘ra Mahmudov olamdan o‘tdi.

Jo‘ra Mahmudov 1942 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. 1971—75 yillarda O‘sh, 1975—78 yillarda Samarqand, 1983—94 yillarda Sirdaryo teatrlarida bosh rejissyor, 1978—83 yillarda televideniyeda, 1997 — 2002 yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida rejissyor, 1994—97 yillarda Madaniyat ishlari vazirligida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlagan. 

U faoliyati davomida «Ona», «Qiyomat qarz», «Insonlikka nomzod», «Og‘riq tishlar», «Soxta oqsuyak», «Qayerdasan, jon bolam», «Qirol Lir» va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan. Har bir spektaklning badiiy-g‘oyaviy yuksakligi, ta’sir kuchini oshirishda tasviriy musiqiy, texnik vositalardan unumli foydalangan.

Jo‘ra Mahmudov «Adolat kuni», «Ovsinlar», «Sadoqat» kabi sahna asarlari, «Osmondan tanga yog‘gan kun», «Tomchi», «Alpomish», «Ikkivoy va Beshvoy» kabi kichik tomoshabinlarga bag‘ishlangan ertak-pesalar ham yozgan.

Mavzuga oid
Top