Avgust oyidagi Markaziy bank sörovnomasi natijalariga köra, aholi inflyatsiya kutilmalari iyulga nisbatan 0,3 foiz bandga pastlab, 9,8 foiz atrofida şakllandi. Biznes kutilmalari esa 9,6 foizni taşkil etib, oylik nisbatda 0,2 foiz bandga qisqardi.

Respondentlar inflyatsion fonni şakllantirayotgan asosiy omillar qatorida quyidagilarni körsatgan:

  • kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (53 foiz);

  • yonilği va energiya resurslari narxlari oşişi (52 foiz);

  • transport xarajatlarining qimmatlaşişi (32 foiz).

Sörovnomada qatnaşganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma IT sohasi vakillarida (11,4 foiz) kuzatilgan. Eng past kutilmani qişloq xöjaligi xodimlari va talabalar (8,7 foiz) belgilagan. Tadbirkorlik subyektlari orasida eng pessimistik kutilma taşiş va taʼlim (10,9 foiz) sohasiga, eng optimistik kutilma esa hunarmandçilik (7 foiz) sohasiga töğri kelgan.

Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori körsatkiçi Farğona viloyati (11,7 foiz), Toşkent şahri (11,4 foiz) va Surxondaryo viloyatida (10,9 foiz) qayd etildi. Eng past körsatkiçlar Jizzax (8,1 foiz) va Xorazm (8,4 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Oyiga 30 mln söm va undan yuqori daromadga ega fuqarolar narxlar ösişi böyiça eng yuqori prognozlarni qayd etgan - örtaça 15,8 foiz. Eng past inflyatsion kutilmalar 2 mln sömgaça (7,9 foiz), şuningdek, 2−4 mln söm oraliğida (9 foiz) daromad köruvçilar tomonidan kutilyapti.