“Bugungi kunda, internet tarmoğidagi köp platformalar yoşlarimizning çeksiz ijodiy izlanişlariga imkoniyat oçib berdi. Hajviyali yoki jiddiy kontent yaratiş juda oson va qulay bölib qoldi.
Lekin şuni unutmaslik kerakki, harbiy yoki maxsus forma kiyib masxarali kontentlar yaratiş orqali tengdoşlarini kuldirişga, sayoz filmlar yoki seriallar orqali ommani jalb qilişga qaratilgan harakatlar ma’muriy javobgarlikka olib kelişi mumkin.
Kuzatuvlarga köra, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda, filmlarda va seriallarda qahramonlar foydalanadigan formali kiyim-boş notöğri yoki qöpol xatolar bilan kiyilgan holda jamoatçilikka namoyiş qilinmoqda.







Uşbu faktlar nafaqat huquqbuzarlik hisoblanadi, balki içki işlar organlari xodimlarini obrösizlantirişga qaratilgan harakat deb baholanadi”, deya IIV axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlik mulozimi harbiy yoki maxsus formali kiyim-boşni bunday huquqqa ega bölmagan şaxslar tomonidan kiyiş Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 2091-moddasi bilan javobgarlikka tortiş uçun sabab bölişini eslatib ötdi.
“Içki işlar vazirligi turli ijodkorlar va ijtimoiy tarmoq faollariga bu masalada hamkorlikka hamişa tayyor ekanligini ma’lum qildi. Agar siz içki işlar organlari bilan boğliq biror ijodiy iş yoki videomahsulotni tasvirga olmoqçi bölsangiz, IIV yoki hududiy içki işlar organlarining axborot xizmatlariga murojaat qilişingiz mumkin. Biz, albatta, öz tavsiyalarimiz va maslahatlarimiz bilan sizga kömaklaşişga tayyormiz. Masalaga özboşimçalik bilan yondaşmasligingizni söraymiz”, deydi Şohrux Ğiyosov.













