Strategik rivojlanish va preparatlarni O‘zbekiston bozoriga chiqarish bo‘yicha hududiy direktor sifatida faoliyatingizda qanday ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldingiz? 

– SANTO vakolatxonasi O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvardan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda, ya’ni u bir yildan beri O‘zbekiston bozorida va bizning bu yerdagi strategik rivojlanishimiz o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirishni ko‘zda tutadi. SANTO – O‘zbekiston bozorida ancha vaqtdan beri mavjud bo‘lgan Polpharma xalqaro guruhi tarkibida. SANTO Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yetakchi o‘rinlarni egallashga ulgurgan va biz endilikda aholini dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha O‘rta Osiyo yetakchiligiga erishmoqchimiz. Shuning uchun, jamoamiz alohida dori vositalariga talabni prognozlash uchun kasallanishlar monitoringini olib bormoqda. Shuningdek, bozorga oid ma’lumotlar bilan ham ishlaymiz – ular preparatlarning o‘rtacha narxini aks ettiradi, ehtimoldagi biznes-keyslarni hisob-kitob qilamiz.  

O‘zbekiston bozoriga kiritish uchun birinchi darajali mahsulotlar sifatida biz infeksiyaga qarshi, kardiologik va nevrologik preparatlar portfelini belgiladik. Bugun O‘zbekistonda infeksion xastaliklarni davolash birinchi navbatda antibiotiklarni qo‘llash asosida olib boriladi – buni ularga bo‘lgan talab va xarajatlardan bilib olish mumkin. Shu ma’lumotlarga tayangan va antibiotik yetkazib beruvchilar orasida yetakchi bo‘lganimiz holda, biz o‘zbekistonlik bemorlarga hozirda bizda mavjud bo‘lgan liniyani taqdim eta olamiz. Qolaversa, bizda antibiotiklarning peroral qabul qilinadiganidan tortib, steril in’yeksiongacha bo‘lgan tibbiyotda qo‘llaniladigan deyarli barcha guruhlari bor.

Kardiologik portfel ham ustuvor sanaladi va ayniqsa, davom etayotgan koronavirus infeksiyasi pandemiyasi hamda uning aholi salomatligiga ta’siri fonida yanada dolzarb ahamiyat kasb etgan surunkali yurak-qon tomir xastaliklarini davolash uchun dori vositalari ko‘rinishida taqdim etilgan. Joriy portfelimiz keng va Polpharma guruhining barcha ishlab chiqaruvchi maydonchalari preparatlarini o‘zida jamlagan.

Hozirgi paytdagi eng muhim vazifamiz – preparatlar portfelini kengaytirish va muvaffaqiyatli loyiha uchun qancha sarmoya kiritish kerakligini tushunishdir.

Foto: SANTO
Foto: SANTO

Narx borasidagi siyosatni qanday olib bormoqchisiz? Axir Qozog‘iston va O‘zbekistondagi oylik maoshlar bir-biridan farq qiladi va Qozog‘istonda nisbatan arzon sanalgan narsani O‘zbekistonda ko‘pchilikning cho‘ntagi ko‘tarmasligi mumkin.