Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi çekka qişloqlarda konteynerda jihozlangan tibbiyot maskanlari tajriba sifatida iş boşlagan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Dehqonobod tumani hokimi Z.Aliqulov va prokuror L.Hamrayev taşabbusi bilan çekka qişloqlarda konteynerda jihozlangan tibbiyot maskanlari taşkil etilmoqda.
Ana şunday tibbiyot maskanlaridan biri tumanning “Usmon Yusupov” MFYga qaraşli Beşqöton qişloğida örnatilgan. Bu yerda aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlaş maqsadida Dehqonobod tajribasi sifatida konteynerdan qulay jihozlangan tibbiyot punkti taşkil etilgan.
Qayd etilişiça, Beşqöton qişloği eng yaqin oilaviy şifokorlik punktidan 6 kilometr uzoqlikda joylaşgan bölib, 876 ta xonadonda 3892 nafar aholi istiqomat qiladi.

Tuman tibbiyot birlaşmasi rahbari Şavkat Amirovning sözlariga köra, bolalarni emlaş va tibbiy körikdan ötiş uçun qişning sovuq kunlarida uzoq masofani bosib ötiş aholiga noqulaylik tuğdirgan. Şu sababli uzoq hududlarda konteynerda jihozlangan tibbiyot maskani taşkil etişga qaror qilingan.
Ş.Amirovning bildirişiça, Beşqötondagi tibbiyot punktida 3 nafar patronaj hamşira faoliyat yuritmoqda. Haftaning har bir kunida u yerda malakali vraçlar tomonidan qabul taşkil etiladi.
Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, yaqin kunlar içida Dehqonobod tumanining çekka hududlarida joylaşgan önta qişloqda şunday konteynerlar örnatiladi.
















