Qaşqadaryoning Dehqonobod tumanida Qizil kitobga kiritilgan qönğir ayiq bolasining öldirilişi 5 aprel kuni, Dehqonobod Davlat örmon xöjaligining Qizilsoy örmon bölimida sodir etilgan. Bu – ekologiya inspektorlari va tuman IIB xodimlari ötkazgan örganişda aniqlangan.
Ekologiya qömitasi xabariga köra, Kun.uz'ga kelib tuşgan videodagi erkak “Oqqişloq” MFY hududida yaşovçi K.Ş. ekani aniqlanib, uning uyidan ayiq bolasining terisi topilgan.
“Ayiq bolasi terisi dalolatnoma asosida olib qöyilib, ekspertizaga yuborildi. Holatdan xabardor bölgan barça fuqarolardan yozma tuşuntiriş xatlari olindi.
Yuqoridagi holat bilan Özbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat töğrisida”gi, “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi hamda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida”gi qonunlar talablari qöpol ravişda buzilib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari borligi sababli, töplangan hujjatlar Dehqonobod tuman Içki işlar bölimiga ötkazildi”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq berilgan xabarga köra, uşbu fuqaro ayiq bolasini ölik holda topganini iddao qilgan.
Ekoqömning bugungi xabarida ma’lum qilinişiça, hozirgi kunda Davlat ekologiya qömitasi tomonidan Hisor davlat qöriqxonasida “Smart” patrul tizimi joriy etilgan bölib, hududda 75 dona fotoqopqon örnatilgan. Kelajakda yana 50 dona fotoqopqon örnatiş rejalaştirilgan.
“Uşbu tizim orqali qöriqxona hududini nazorat qiliş, monitoring işlarini olib boriş hamda brakonerlikka qarşi kuraşişda foydalanib kelinmoqda.
Hayvonot dunyosi monitoringini ötkaziş natijalariga köra, mamlakatimizda 600 ga yaqin qönğir ayiq aniqlangan bölib, keyingi yillarda ikki baravar köpaygan. Hozirda Hisor qöriqxonasida ayiqlar soni 147 boşni taşkil etadi”, – deyiladi rasmiy axborotda.

















