Davlat ekologiya qömitasi inspektorlari va tuman IIB xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv natijasida, gumondor şaxs Dehqonobod tumani, "Oqqişloq" MFY, Qizilsoy qişloğida yaşovçi fuqaro K.Ş. ekani ma’lum bölib, uning xonadoni tekşirilganida bir dona ayiq bolasining terisi topildi.
Şuningdek, ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaroning sözlariga köra, u ayiq bolasini ölik holda topganligini iddao qilmoqda. Bu holatga aniqlik kiritiş maqsadida ayiq bolasi terisi ekspertizadan ötkaziladi.
Gumondor şaxsdan tuşuntiriş xati olinib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan. Hozirda tuzilgan işçi guruh tomonidan suriştiruv işlari davom ettirilmoqda, deyiladi Ekologiya qömitasi ma’lumotida.
Avvalroq, Dehqonobod tumanining toğli hududida Qizil kitobga kiritilgan qönğir ayiqlar topilganini xabar qilingan edi. Xabarga ilova qilingan ona ayiq va uning ikkita bolasi suratlarini qömitaga “Terakli” MFYda yaşovçilar jönatgan.
Keyinçalik Kun.uz'ga ana öşa ayiq bolalarining kamida bittasi öldirilgani haqida xabar kelib tuşdi.

















