Moliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi soliq ma’murçiligidagi yangiliklar böyiça e’tirozlardan söng bu borada qator yengilliklar berilişi yuzasidan qöşma axborot tarqatdi.

I. Yangi avtomatlaştirilgan axborot tizimlarini qöllaş böyiça

1. “E-aktiv” dasturiy mahsuloti

a) Tadbirkorlik sub’yektlarini dasturni qöllaşga jalb qiliş 2022 yilda bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Bunda, 2022 yil 1 apreldan «E-aktiv» dasturidan majburiy foydalaniş töğrisidagi talab faqat 4 toifadagi tovarlarga tatbiq qilinadi (sement, şişa, yoğoç va paxta).

Dasturni tajribadagi 4 toifa tovarlar böyiça qöllaş natijalaridan kelib çiqib, tovarlar röyxati Davlat soliq qömitasi tomonidan bosqiçma-bosqiç kengaytiriladi.

Bunda, dasturni barça toifadagi tovarlarga joriy etişni 2023 yil IV çorakda yakunlaş rejalaştirilmoqda.

b) 2022 yil yakuniga qadar soliq tölovçilarning vakillari va ekspertlar bilan birgalikda tovar va xizmatlarning katalogini töliq şakllantiriş, sodda hamda foydalaniş uçun qulay şaklda ularning bazaviy şartli birliklarini aniqlaş maqsadida tarmoqlar böyiça işçi guruhlar tuziladi.

“E-aktiv” dasturiy mahsulotidan foydalanmaganlik (tajriba tovarlari toifasiga kiritilgan tovarlar bundan mustasno) hamda haqiqatda yetkazib berilgan tovarga (xizmatga) mos kelmaydigan mahsulot va xizmat indentifikatsiya kodlarini körsatgani uçun soliq tölovçilarga nisbatan javobgarlik çoralari 2022 yil 1 sentyabrga qadar qöllanilmaydi.

2. QQS tölovçilarining tahlika-tahlil avtomatlaştirilgan tizimi böyiça

a) Avval taqdim etilgan uç oylik davrga (2021 yilning oktabr oyidan dekabr oyiga qadar) qöşimça ravişda soliq tölovçilarning quyidagi soliq xavfi mezonlari (holatlari) qöllanişi 2023 yil 1 yanvarga qadar töxtatib turiladi:

– rahbar şaxsining yoki moliyaviy boşqaruv vazifalarini amalga oşirayotgan şaxsning