Toşkent hayvonot boğida ayol kiçkina qizaloqni ayiq voleriga taşlab yubordi. Boğ matbuot xizmati xabarida qayd etilişiça, 28 yanvar kuni soat, taxminan, 12:00 larda yoş ayol noma’lum sabablarga köra xaloyiqning köz oldida kiçkina qizaloqni ayiq qafasiga taşlab yuborgan.
«Zuzu laqabli Kavkaz qönğir ayiği öz volerida yotib olib, qizaloqni metall tösiq ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatdi. Mehmonlarimiz va xodimlarimizning urinişlariga qaramasdan, ayolni töxtatib qolişning imkoni bölmadi. U bolani yirtqiçning qafasiga otib yuborişga erişdi. Zuzu ayiğimiz sekingina zovurga tuşib, qizaloqni hidlab kördi va undan uzoqlaşdi», – deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Şuningdek, «Yirtqiçlar» bölimi xodimlari tez harakat qilişgan va ayiqni içki xonaga olib kirişga muvaffaq bölişgan.
Bola volerdan olib çiqilgan hamda hayvonot boğining hamşirasi tomonidan körikdan ötkazilgan. Qizaloq yirtqiç tişlari va panjalaridan emas, faqat qariyb 5 metr balandlikdan yiqiliş tufayli jarohat olgan. Dastlabki körikda urilişlardan taşqari közga körinarli jiddiy şikastlar aniqlanmadi.
Ayni damda bola şifokorlar nazorati ostida.
Boş prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritişiça, ayiqlar voleriga taşlab yuborilgan qiz 3 yoşda bölib, bu işni sodir etgan uning onasidir.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan.












