Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikkita avtobus ishtirokida YTH yuz berdi. Haydovchilar ishdan bo‘shatildi
Toshkentda ikkita yo‘lovchi avtobusi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28 yanvar kuni soat 16:10 larda 12-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan 75A-avtobus yo‘nalishi haydovchisi A.Yo. “Isuzu” rusumli 75A-yo‘nalishdagi avtobusni, Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab boshqarish jarayonida, “Rayhon” kafesi qarshisida o‘zidan oldinda harakatlanayotgan mazkur yo‘nalishdagi “Isuzu” rusumli, haydovchi S.M. boshqaruvidagi avtobusni orqa qismiga borib urilgan.
Hodisa natijasida hech kimga tan jarohati yetmaganligi aniqlandi.
“Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddi xodimlari tomonidan olib borilgan xizmat surishtiruvi davomida har ikki haydovchi yo‘l harakati qoidalariga, yo‘nalish intizomiga hamda lavozim majburiyatlariga rioya qilmaganliklari sababli, ular bilan korxona o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilindi.
“Shu bilan birga, shuni ma’lum qilamizki, avtobuslarga yetkazilgan moddiy zarar belgilangan tartibda ishdan bo‘shatilgan haydovchilardan undiriladi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026