Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etadi
Olimpiya o‘yinlari 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, shu jumladan, Shavkat Mirziyoyev ham Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qilmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping taklifiga binoan, 4 fevral kuni qishki Olimpiada ochilish marosimida xorijiy davlatlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.
Xitoy rahbari 4-6 fevral kunlari Pekinda xorijiy davlatlar yetakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o‘tkazadi.
Mehmonlar orasida Rossiya, Singapur, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar yetakchilari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyyesus bor.
Ma’lumot uchun: Olimpiya o‘yinlari 4-20 fevral kunlari, Paralimpiya o‘yinlari esa 4-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
12:19 / 20.05.2026
«Bir-birimizga yordam berishimiz kerak» – Pekinda Putin va Si muzokaralari boshlandi
08:58 / 18.02.2026
Olimpiada ochilishida Ukraina jamoasiga rossiyalik ko‘ngilli hamrohlik qildi
07:29 / 18.02.2026
Qishki Olimpiada: eng ko‘p medal olgan mamlakatlar reytingi
18:25 / 15.02.2026