“Özbekiston ipotekani qayta moliyalaştiriş kompaniyasi” AJ xabariga köra, Özbekistonda ipoteka bozorini takomillaştiriş maqsadida Moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida Özbekistonda ipoteka bozorini rivojlantiriş dasturi va uni 2019 — 2021 yillarda amalga oşiriş konsepsiyasi işlab çiqilgan.
Konsepsiyaga muvofiq, dasturning asosiy vazifalaridan biri Özbekiston prezidentining 2019 yil 13 maydagi PQ-5715-sonli qarori ilovasi bilan belgilangan yöl xaritasiga asosan “Özbekiston ipotekani qayta moliyalaştiriş kompaniyasi”ni ta’sis etiş va faoliyatini yölga qöyiş hisoblanadi.
Dasturga muvofiq, kompaniya faoliyatini boşlaş uçun dastlabki bosqiçda Osiyo taraqqiyot bankining 150 million AQŞ dollari miqdoridagi qarz mablağlari tijorat banklarining maqbul ipoteka kreditlari portfelini qayta moliyalaştiriş uçun ajratilişi közda tutilgan bölib, uşbu resurslarni bosqiçma-bosqiç 2023 yilning birinçi çoragi yakuniga qadar özlaştiriş rejalaştirilgan.
“Biroq, aholining ipoteka krediti hisobiga ikkilamçi bozordan uy-joy sotib olişga bölgan katta qiziqişi hamda tijorat banklari tomonidan aholining uşbu talabini qondiriş maqsadida faol kreditlar ajratişi natijasida, dasturda nazarda tutilgan mablağlar muddatidan avval, ya’ni 2022 yilning birinçi çoragi davomida özlaştirib bölinişi kutilmoqda.
Bu haqda tijorat banklari 2021 yilning dekabr oyida, dastur böyiça qoldiq mavjud resurslar doirasida yetarliça maqbul ipoteka krediti portfellari şakllantirişi lozimligi yuzasidan Kompaniya tarafidan yozma ravişda xabardor qilingan edi.
Bugungi kunda kompaniya Moliya vazirligi va boşqa institutlar bilan birgalikda, şu jumladan, xalqaro taşkilotlar bilan ham, ipoteka kreditlarini qayta moliyalaştiriş maqsadida resurslarni jalb qiliş böyiça faol ravişda tegişli işlarni olib bormoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, şuningdek, moliyalaştiriş manbalari aniqlangunga qadar, kompaniya ikkilamçi bozordan uy-joy sotib oliş uçun ajratiladigan maqbul ipoteka kreditlarini qayta moliyalaştirişni vaqtinçalik töxtatib turibdi”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Bildirilişiça, banklar maqbul ipoteka kreditlarini qayta moliyalaştiriş işlari tiklanganligi töğrisida kompaniya tomonidan tegişli ravişda kelajakda xabardor qilinadi.

















