Absurd: UzIMEI balosi yana trendda

Davletov.uz kanali muallifi Qobil Xidirov UzIMEI tizimiga e’tibor qaratdi.

«Darvoqe, hozir qariyb barça mobil aloqa kompaniyalari E-sim xizmatini taqdim etyapti. Yaxşi xizmat, ammo UzIMEI degan balo bor. Telefoningda sim-karta ketadigan slot IMEI raqami UzIMEI’da röyxatdan ötgan bölsa-da, sen E-sim IMEI’ni ham röyxatdan ötkazişing, buning uçun çet elga çiqqan bölişing va 54 ming söm tölaşing kerak. Eng absurd talab bölsa kerak. Insof berişsin. Bu aslida özi xato bölgan tizimning kiçkina bir xatosi», - deb yozdi bloger.

Kurbanoff uning fikrlarini davom ettirgan holda, «E-sim uçun pulli IMEI’ni röyxatdan ötkaziş talabi hozirgi UzIMEI tizimining eng mantiqsiz va ahmoqona talablaridan biri», deya izoh qoldirdi. 

Davlat taşkilotlari özi eplolmagan iş uçun xalqdan «telefon soliği»ni oladi

UzIMEI tizimining aşaddiy tanqidçisi bloger Xuşnud Xudoyberdiyev muhokamalarga qöşilib, bu absurd tizimga özi ham duç kelganini ta’kidladi.

«Keça davletov.uz UzIMEI tizimida zamonaviy E-sim (elektron sim-karta)ni röyxatdan ötkazişdagi muammolar haqida yozgandi.

Bu haqda ança avval men ham bir yozgandim. Çunki özim bu absurd tizimda şunaqa muammoga duç kelganman.

Xorijdan olib kelingan telefonim IMEI raqamini xorijga çiqib kelgan bir hamkasbimning nomiga rasmiylaştirişga majbur böldim. U paytda hali Özbekistonda  E-sim yöq edi, şu sababli faqat bitta slot uçun röyxatdan ötdim. Keyin u hamkasbim uzoq bir viloyatga işga ötib ketdi.

Oradan ma’lum vaqt ötib, bizda ham E-sim paydo böldi. Şundan söng öşa hamkasbim nomiga E-sim sloti IMEI raqami uçun tölov qilib, röyxatdan ötkazaman desam, buni onlayn amalga oşirişning imkoni yöq ekan. Nima emiş, qöşimça IMEI’ni röyxatdan ötkaziş uçun öşa odamning özi şaxsan borişi kerak ekan. Agar E-sim bölsa, unda, albatta, telefonni ham olib borişi kerak ekan. Mening vaziyatimda telefon Toşkentda, nomiga rasmiylaştirilgan odam esa uzoq viloyatda.