«Örganiş böyiça işçi guruhga esa Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov va Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği Uluğbek Toşkenboyev rahbarlik qilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalaridagi tanqidiy, tahliliy örganişlar 23 ta mezon asosida taşkil qilinadi. Bunda asosiy e’tibor oliy ta’limdagi islohotlar, ilm, fan va işlab çiqarişdagi integratsiyalar, axborot resurs markazlari faoliyati, moliyaviy, akademik mustaqillik berilgan ta’lim muassasalariga amaliy kömak beriş, ilmiy salohiyat, ta’lim jarayonining qay darajada taşkil etilgani, masofaviy ta’lim, kredit-modul tizimi, talabalar turar joylarida yaratilgan şart-şaroitlar, tizimdagi mavjud muammolar va ularni joyida bartaraf etiş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş va şaffoflik joriy qilingani kabi mezonlarga qaratiladi», – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, örganişlar yakuni bilan OTMlarda ta’lim sifatini oşiriş, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali taşkil etiş hamda raqobatbardoşligini oşiriş va ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş kabi maqsadlar közlangan.

















