Farmonga binoan, 2022 yil davomida energetika sohasiga bozor mexanizmlarini olib kirişning huquqiy asoslari yaratiladi.
Dasturda, energoresurslar sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb qiliş va ehtiyojmand aholini himoya qiliş uçun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritiş közda tutilgan.
Aprel oyigaça bu borada prezident qarori loyihasi işlab çiqiladi.
Qaror loyihasi energetika sohasida soğlom raqobat muhitini rivojlantiriş, barça iştirokçilarga teng imkoniyatlar beriş va narxlarni şakllantirişning şaffof mexanizmlarini joriy qilişga qaratiladi.
Elektr energiya ta’minotida monopoliya bekor qilinadi va sohaga ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda bozor mexanizmlari joriy etiladi. Bunda:
- “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini “yagona xarid qiluvçi” funksiyasi bekor qilinadi;
- “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga xususiy operatorlarni jalb qiliş böyiça asosiy talablar belgilanadi;
- “Özbekgidroenergo” AJ kiçik va örta investitsiya loyihalariga xususiy investorlarni jalb etadi.
Yuqoridagilarga muvofiq:
- elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga soluvçi mustaqil organ – regulyator,
- yagona xarid qiluvçi funksiyasini bajaruvçi kompaniya,
- milliy dispetçerlik markazi taşkil etiladi.
Davlat dasturiga binoan, 2022 yil aprelgaça ehtiyojmand aholini himoya qiliş uçun energiya resurslari böyiça ijtimoiy iste’mol normalarini kiritiş böyiça hukumatga takliflar kiritiladi (xalqaro tajribani örgangan holda).
Bundan taşqari, yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi töğrisida”gi qonun loyihasi (2022 yil sentabrgaça) va “Tabiiy gaz töğrisida”gi qonun loyihasi (2022 yil oktyabrgaça) işlab çiqiladi; Magistral elektr tarmoqlari kodeksini (GrId Code) tasdiqlaş töğrisidagi hukumat qarori loyihasi (2022 yil iyungaça) tayyorlanadi.











