Voqea guvohlarining ta’kidlaşiça, qizning otasi vafot etgan. Bir nafar opasi turmuşga çiqib ketgan. Hozirda onasi bilan birga istiqomat qilayotgan bölgan.

Yangi tuğilgan çaqaloqni taşlab ketilgan joyidan birinçilardan bölib, qöşni bolalar körib qoladi va çaqaloq jasadini körganligini buvisiga yetkazadi.

«Nabiralarim aytganda işonmadim. Kimdir qöğirçoğini taşlab ketgan bölsa kerak degan xayolga bordim. Borib qarasam, haqiqatda çaqaloq qiz jasadi ekan. Uydan römol olib, ustini yopib qöydim». «Homiladorligini yaşiriş maqsadida qornini boğlab yurganini eşitdik» deydi voqea guvohlaridan biri.

Çaqaloq topilganda şilingan, qontalaş holatda bölgan. Jasadni körgan qöşnilar içki işlar organlariga murojaat qilgan. Iş tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan va tergovga qadar tekşiruv işlari amalga oşirilmoqda.

Prokuraturaning bergan ma’lumotiga köra, 2022 yilning 21 yanvar kuni soat 09:30 atrofida tumanning Janubiy Olamuşuk şaharçasi Ittifoq mahallasidagi köp qavatli uylar joylaşgan hududdan yangi tuğilgan (qiz jinsli) çaqaloqning jasadi taşqi tan jarohatlarisiz topilgan. Mazkur holat böyiça voqea joyiga tuman prokurori, tuman prokuraturasi tergovçisi, tuman IIB boşliğining 1-örinbosari, EKB eksperti, viloyat sud tibbiy ekspertiza mutaxassisi hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari iştirokida hodisa joyi va çaqaloq jasadi közdan keçirilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv davomida mazkur çaqaloqni Janubiy Olamuşuk şaharçasi, Navoiy mahallasida 2004 yilda tuğilgan Ş.M. qizi yaşaş uyining yonidagi qurilişi tugallanmagan bino içida 20 yanvar kuni soat 23:00 atrofida ölik holatda tuqqan. Söngra çaqaloqning jasadini uşbu binoning orqa tomoniga taşlab ketgan.

Çaqaloqni taşlab ketgan qizning oilasi ziyoli hisoblangan. Qizning onasi ta’lim muassasalaridan birida öqituvçi bölib işlaydi. Mahalla ahli qizning oğir-bosiq ekanligi va bir qança muddat körinmay qolganini, uyidan uzoqda yurganini ta’kidladi. Aytiş joizki, öqişga topşirib kira olmagan qiz Andijon şahrida massajçi bölib faoliyat olib borgan.

Mahalla fuqarolar yiğini mas’ulining ta’kidlaşiça, oila “Ayollar daftari” yoki “Temir daftar”ga kiritilmagan. Oilaning yaşaş şaroiti yaxşi. Muammolar sababli murojaatlar qilinmagan. Qiz esa ança vaqtdan beri deyarli mahallada körinmagan. Qiz oğir-bosiq bölgan. Maktabni tugatgaç, Andijon şahriga ketgan va uzoq muddat davomida köriniş bermagan.

Tergovga qadar tekşiruvdan kelib çiqib, voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqaga kirişgan şaxs ham topilib, tegişli tartibda qonuniy jazo olinişi ta’kidlanmoqda.