Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda öquv jarayonlari an’anaviy şaklga ötkazilişi haqida ma’lum qildi.

«Sönggi kunlarda yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş holati kamayayotgani kuzatilmoqda. 

Kasallikning tarqalganlik darajasi 0,8 ni taşkil etmoqda (JSST ekspertlari xulosasiga köra bu körsatkiç 1,0 gaça bölsa vaziyat barqarorligini anglatadi).

Şuningdek, statsionardan çiqarilayotganlar sonining statsionarga yotqizilayotganlar soniga nisbatan hamda karantindan çiqarilayotganlar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ham ijobiy tomonga siljiş kuzatilmoqda.

Kasallikning yuqtirib oliş manbayi 35-43 foiz holatda kasallangan oila a’zosi yoki qarindoşlari, 6-7 foiz holatda bemor köşnilari, 10-12 foiz holatda jamoat joylaridagi muloqot va 4-5 foiz holatda iş joyidagi muloqot ekani aniqlanmoqda. 

Tahlillariga köra, boğça yoşidagi (3-6 yoş) bolalar örtasida kasallaniş, uy qaramoğidagi şu yoşdagi bolalarga nisbatan (3-3,5 marta) kam uçramoqda», deyiladi xabarda.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan uşbu jihatlar inobatga olinib, bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Xususan, 2022 yil 7 fevraldan boşlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim taşkilotlarida öquv jarayoni an’anaviy şaklga ötkaziladi.

Bunda, barça ta’lim taşkilotlarida niqob taqiş, ijtimoiy masofani saqlaş, şaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etiş va antiseptik vositalardan muntazam foydalaniş talab etiladi. 

  • Özbekistonda maktablar va oliy ta’lim muassasalarida yanvar oyi boşida qişki ta’til 24 yanvargaça uzaytirilgandi (odatda 11 yanvargaça böladi), 24 yanvardan esa mamlakatdagi epidemiologik vaziyat tufayli öqişlar keyingi bir oy davomida masofadan davom ettirilişi ma’lum qilingandi.