Qayd etilişiça, Orol dengizining qurigan tubi qariyb 60 000 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. Uning deyarli yarmi Özbekistondagi 1,8 million aholi istiqomat qiladigan Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan. 

“Sönggi bir neça ön yilliklarda bu tuzli çöl qum va çang böronlari manbaiga aylandi. Har yili böronlar Orol dengizining qurigan tubidan 15 milliondan 75 million tonnagaça qum, çang va tuzni Markaziy Osiyo kengliklariga olib ötadi. Buning natijasida yuzaga kelgan tuproq eroziyasi va havoning ifloslanişi odamlar salomatligiga, turmuş şaroitiga va atrof-muhitga salbiy ta’sir körsatadi”, deyiladi tadqiqotda.

Bildirilişiça, Orol dengizi tubidan kötariladigan qum va çang böronlari yiliga 44 million AQŞ dollaridan ortiq iqtisodiy zarar keltiradi.

“Özbekistondagi Orol dengizi qurib qolgan tubining katta qismini qurğoqçilikka va şör tuproqqa çidamli bölgan mahalliy daraxtlar, butalar va öt-ölanlarni, ularning optimal kombinatsiyasidan foydalangan holda ekiş hisobiga tiklaş mumkin.

Töğri rejalaştirilganda Orol dengizi tubidagi landşaftni tiklaş jarayoni iqtisodiy jihatdan asoslangan bölişi va Orol dengizining sobiq qirğoğidan 100-200 km gaça bölgan masofada havo ifloslanişi sezilarli darajada kamayişiga olib kelişi mumkin. Buning natijasi mahalliy aholining salomatligi va farovonligi yaxşilanişi böladi”, deya ma’lum qildi Jahon banki.

Orol dengizi tubini tiklaş har yili qöşimça 28-44 million AQŞ dollari miqdorida qöşimça foyda keltirişi hamda tuproqdan uglerod çiqişining oldini oliş va atmosferadan karbonat angidridni yutiş orqali iqlim özgarişini yumşatişga yordam berişi mumkin.