Qayd etilişiça, 2021 yil 1 apreldan boşlab tegişli litsenziyaga ega tadbirkorlik sub’yektlariga barça toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan taşqari) boşqariş huquqini beruvçi haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy va amaliy imtihonlarni ötkaziş huquqi berilgan.
Bu – 2020 yil 7 dekabrda qabul qilingan “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarorida belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlaş maqsadida 2021 yil 4 mayda “Avtomototransport vositalarini boşqariş huquqini beruvçi haydovçilik guvohnomalarini oliş uçun imtihonlarni ötkaziş sohasiga xususiy sektorni jalb etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hukumat qarori (272-son) qabul qilingan.
“Yuqoridagi qarorlar asosida haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy va amaliy imtihonlarni ötkaziş huquqiga ega böliş uçun tadbirkorlik sub’yektlari zimmasiga ma’lum bir talablar belgilab qöyilgan. Bunda eng avvalo imtihonlar inson omilisiz, töliq avtomatlaştirilgan holda amalga oşirilişi, zamonaviy avtodrom mavjudligi, maxsus himoyalangan dasturiy ta’minotlar kompleksiga egaligi hamda imtihonlar jarayonida olingan ma’lumotlarga hamda imtihon natijalariga özgartiriş kiritiş imkoniyatining çeklanganligi va boşqa şu kabi talablar örnatilgan.
Uşbu talablarga tölaqonli javob beradigan imtihon tizimi uçun sarmoya kiritgan istalgan tadbirkorlik sub’yekti litsenziya oliş uçun ariza topşirişi mumkin. Bunda heç bir tadbirkorlik sub’yektiga çeklov yoki tösiq yöqligini ma’lum qilamiz”, – deyiladi departament axborotida.
Eslatib ötamiz, bugun, 4 fevral kuni haydovçilikka nomzodlardan imtihon oluvçi Özbekistondagi ilk xususiy markaz faoliyat boşladi. “Toşkent imtihon markazi” poytaxtning Yangihayot tumanida joylaşgan.
“Bu kabi markazlarda imtihonlar töliq inson omilidan xoli tarzda, avtomatlaştirilgan elektron tizim orqali qabul qilinadi. Bu esa haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy va amaliy imtihonlarni topşirişi jarayonidagi korrupsion holatlarga çek qöyadi”, – dedi








