Özbekistonda atmosferaga faol ta’sir qiliş orqali yomğir yoğdiriş texnologiyasi yölga qöyilişi kutilmoqda. Bu haqda Özgidromet boş direktor örinbosari Ibratjon Karimov ma’lumot berdi.
Unga köra, Özbekistonda ilk bor sun’iy yomğir yoğdiriş 1963 yilda Gidrometeorologiya ilmiy–tadqiqot instituti tomonidan amalga oşirilgan. Eng oxirgi tadqiqot va ilmiy izlanişlar 90 yillarda olib borilgan.
“Afsuski, bu ilm 30 yil taşlab qöyilgan. Institutimiz jamoasi yana qaytadan şu işga bel boğladi. Bu masala böyiça respublikadagi eng katta taşkilotlardan biri bilan muzokara jarayonidamiz. Sun’iy yomğir yoğdirişga oid loyihaga 10 mlrd söm mablağ ajratişni taklif qilişyapti. Ular buyurtma qilayotgan joylarga yomğir yoki qor çaqiriş işlarini bajarib beramiz”, – dedi Ibratjon Alijonov iqlim özgarişiga bağişlangan matbuot anjumanida.
Qayd etilişiça, lalmi dehqonçilik qilinadigan joylarda 1 millimetr yomğir yoğişi ğalla va boşoqli ekinlarni 4 kilogrammgaça oşirişi mumkin. 90 yillarda Böstonliqda sun’iy yomğir yoğdirilganda 300 million litr kub ortqiça suv yiğilgan.
Sun’iy yomğir çaqiriş jarayoni qanday usullar yordamida amalga oşirilişini Gidrologik jarayonlarni modellaştiriş laboratoriyasi kiçik ilmiy xodimi Akmal Ğafurov tuşuntirib berdi.
“Atmosferaga faol ta’sir körsatiş bu sun’iy qor, yomğir yoğdiriş yoki dölni bostiriş, ya’ni dölni boşqa joyga köçiriş yoki yomğir körinişida yoğdiriş hisoblanadi. Jahon meteorologik taşkiloti ma’lumotiga köra, hozirgi kunda 56ga yaqin davlatlar bulut ekiş texnologiyasidan foydalanadi. Xitoy, Indoneziya va AQŞ kabi mamlakatlar bu usuldan qurğoqçilikka qarşi keng foydalanmoqda. BMTning 1977 yildagi “Atmosfera muhitini özgartiriş” konvensiyasiga köra, yomğir yoğdirişdan faqat tinçlik maqsadidagina foydalanişga ruxsat berilgan”, – dedi u.
Ma’lum qilinişiça, yomğir yoğdirişning bir neça xil usullari bor. Masalan, samolyot yordamida bulutlarga kumuş yodit sepiş, quruq muzni bulutga sepiş, maxsus generatorlar yordamida kimyoviy elementlarni purkaş orqali yoki dronlar yordamida ham yomğir yoğdiriş mumkin.
“Biz bu bilan yomğirni köpaytirişimiz mumkin va qiş kunlari yoğin qor körinişida kelişi ham mumkin. Yoğinning qor körinişida yoğişi yoz faslida suv kerak böladigan paytda suv zaxirasi bilan ta’minlaşga yordam beradi. Sun’iy yomğir yoğdirişning salbiy ta’siri yöq”, – dedi Ğafurov.
Uning ma’lumot berişiça, Özbekistonda 1963-1968 yillarda Pskom, 1985-1991 yillarda Qaşqadaryo, 1989-1990 yillarda Çirçiq, 1990-1991 yillarda Şimoliy Farğonada sun’iy yomğir yoğdiriş amalga oşirilgan. Qaşqadaryo loyihasida 6-10 foiz, Çirçiq va Şimoliy Farğona loyihasida 10-15 foizgaça yomğir ortgani qayd etilgan. Ob-havoni boşqarişdan maqsad qişloq xöjaligi ekinlarini muhofaza qiliş bölgan.

















