Prezidentning “Paxta xomaşyosini çuqur qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişda ilmiy-innovatsion faoliyat natijadorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining umumiy yiğilişida tomonidan “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatini belgilangan tartibda tugatişni nazarda tutuvçi qaror qabul qilingan.

Qişloq xöjaligi vazirligi va Innovatsion rivojlaniş vazirligining “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati negizida Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tuzilmasida Paxta tozalaş sanoati ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Quyidagilar institutning asosiy faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:

  • paxta xomaşyosini tozalaş uçun zamonaviy texnika va texnologiyalar, energotejamkor maşina va asbob-uskunalarning tajriba-sanoat namunalarini işlab çiqiş böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini hamda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oşiriş;
  • paxta va paxta mahsulotlari uçun xalqaro va davlatlararo standartlar bilan uyğunlaşgan standartlarni, ularning sifat körsatkiçlarini aniqlaş, raqamli texnologiyalar asosida tezkor va aniqlik darajasi yuqori bölgan ölçov va sinaş vositalarini, kalibrlaş va sinaş usullarini tekşiriş uçun davlat standart namunalarini işlab çiqiş;
  • akkreditatsiya sohasiga muvofiq tarzda paxta mahsulotlari sinovlarini ötkaziş, muvofiqlik sertifikati beriş, laboratoriyalararo taqqoslaş sinovlarini va raund-testlarini taşkil qiliş va ötkaziş, manfaatdor taşkilotlar uçun paxta mahsulotlari taşqi körinişining standart namunalarini tayyorlaş xizmatlarini körsatiş;
  • paxta xomaşyosini çuqur qayta işlaşga oid xalqaro sifat standartlarini tatbiq etiş va sertifikatlaşni rivojlantiriş mexanizmlarni işlab çiqiş;
  • zamonaviy ilmiy-laboratoriya bazasini şakllantiriş, uni ilğor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlaş hamda sohani rivojlantirişga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytiriş va ularning transferi böyiça samarali tizimni şakllantiriş;
  • respublikada rayonlaştirilgan va istiqbolli paxta seleksiya navlarining sifat körsatkiçlarini aniqlaş sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oşiriş, uşbu yönalişda samarali ilmiy yeçimlarni işlab çiqiş;
  • yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;