29 yanvar kuni Riviera Mall’ning markaziy zalida Payme kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan keng kölamli tadbir bölib ötdi va u yerda yuzlab guvohlar köz öngida uzoq kutilgan boş supersovrinlar öyini ötkazildi.

Foto: Payme

Tadbir muhiti

«Kök Çoy» guruhining musiqiy jörligida boşlovçilar uşbu hayajonli voqeani baham köriş uçun majmuaga taşrif buyurganlarni faol taklif qilişdi. Aksiya kölami, qimmatbaho sovğalar, ommaviy axborot vositalari vakillari va betakror boşlovçilarning iştiroki köpçilikning e’tiborini tortdi. Mehmonlar orasida katta öyin iştirokçilari ham, şuningdek, nima bölayotganiga qiziqqan tasodifiy mehmonlar ham bor edi. Odamlar nafaqat yaratilgan sahna atrofida töplanişdi, balki Riviera SKMning barça 3 qavatidan bölib ötayotgan tadbirni tomoşa qilib turişdi.

Foto: Payme

Iştirok etiş şartlari va qimmatbaho sovğalar

Payme aksiyasida 1- dan 5-darajagaça erişgan yarim milliondan ortiq odam iştirok etdi. Ilovaning har bir foydalanuvçisi iştirok etişi mumkin edi. 22.11.21 dan 21.01.22 gaça iştirokçilar Payme sodiqlik dasturida ballar töplaşdi. Ballar Payme ilovasi orqali istalgan tranzaksiyani amalga oşiriş orqali töplanib, 100 söm uçun 1 ball tarifi böyiça hisoblandi. 1- va undan yuqori darajaga yetgan barça iştirokçilar aksiya doirasida Yandeks.Plyusga 3 oylik obuna uçun promo-kodni, şuningdek aksiya hamkorlaridan boşqa bonuslarni qölga kiritdilar.

21 yanvar kuni soat 23:59da taşkilotçilar tomonidan har bir iştirokçining töplagan ballari qayd etildi. 22 yanvar kuni esa soat 10:00da sodiqlik dasturi iştirokçilariga tezkor sovğalarning onlayn-öyiniga havola körsatilgan puş-xabarnomalar yuborildi. Töğridan töğri Payme ilovasida omadni sinab köriş va tezkor sovğalardan birini, jumladan, hamkorlarning sovğalarini, pul mukofotlarini, maxsus merçlarni va texnikalarni yutib oliş mumkin edi.

22 yanvar kunidagi aksiya yakuniga qadar yutib olinişi mumkin bölgan tezkor sovğalardan taşqari, iştirokçilar iPhone 13 Pro Max, PlayStation 5, Dubayga ikki kişilik sayohat, Maldiv orollariga ikki kişilik sayohat singari asosiy sovrinlar öyinida ham öz omadlarini sinab körişlari mumkin edi. Şunday qilib, 29 yanvar kuni töğridan töğri efirda randomayzer yordamida boş sovrinlarning omadli sohiblari aniqlandi.