Baliqçi tumanining Tumor qişloği xonadonlarida 10-20tadan bördoqi novvos boqiladi. Biz bozorlarini göşt mahsulotiga töldirişga salmoqli hissa qöşayotgan xonadonlarning tajribasi bilan tanişdik.

Tumordagi Abdusaminjon Xusainov xonadonida 6 sotix joyda naq 60ta novvos parvarişlanmoqda.

Abdusaminjon Husainov öz qoramollari boqilayotgan şaroit bilan taniştirdi. Molxonada derli bir xil yoşdagi novvoslar yemlab boqilmoqda. Abdusaminjonning yoş novvosçalarni tez yetiştiriş böyiça öziga hos texnologiyasi bor.

“Çorvaga qiziqişi bölmagan odam mol boqa olmaydi. Yoşligimdan qoramol boqişga qiziqaman. Şu olti sotixlik uçastkamizda molxona taşkil qilib, novvoslar sonini oltmiş boşga yetkazdik.

Novvos boqişimizni sababi, novvos tez yetiladi va tez daromadga kiradi.

Boşqalar uçun bilmadim-ku, men uçun novvos boqiş qiyin iş emas. Şaroitlarni yaratib olib, ikki mahal yem, öti, suvi berib turilsa böldi.

Asosan Qirğizistondan zotli ikki yoşga yetgan novvosçalarni olib kelamiz. Qarovini qilib, dori-darmon vaqtida berib tursak, olti oyda yetilib daromadga kiradi. Çorvamiz doimiy veterinar nazoratida boqiladi”, deydi Abdusaminjon Husainov.

Çorvador bizga uç oy oldin 9 mln sömga olingan novvosni körsatdi. Uning aytişiça, yana uç oydan söng yetilgan novvosning narxi 19 millionga çiqar ekan.

Olti sotix yerning barçasi ham molxona emas. Maydonning bir qismiga kuz oylarida silos öra qilinib, 150 tonna silos jamlab qöyilgan. Qoramollar asosan silos va omuxta yem bilan boqiladi. Kiçik navesda kepak, şeluxa saqlanar ekan.