Konçilar şaharçasi Toşkent viloyatining Angren şahrida joylaşgan. Poytaxtdan taxminan 2 soatça yurib, Yangiobod konçilar şaharçasiga yetib bordik.

Şaharçada özingizni ötgan asrning 60-yillariga tuşib qolgandek his qilasiz. Tört tomoni toğlar bilan öralgan şaharçadagi barça binolar tarixiyligini saqlab qolgan. Bir tomonidagi jarlikdan buloq oqadi, suvning şovqini tabiatga körk berib turadi. Odamlar hamon pastak, eski uylarda yaşaydi, zinalar va butun şaharçaning arxitekturasi buzib qayta böyalmagan, aslidek.

Eng e’tiborni tortadigan joy – mahalla binosi. Ilgari musiqa maktabi bölgani uçun bino oldida rus kompozitori Mixail Çaykovskiyning haykali qad rostlagan. Keyinçalik Yangiobod Angrenga qöşilgaç, bino mahalla fuqarolar yiğiniga berilgan.

«Konçi» madaniyat saroyi. 1965 yilda qurilgan, 80-yillarda rekonstruksiya qilingan. Hozirda madaniy tadbirlar ötkaziladi.

Şaharçada odam kamligi yaqqol seziladi. Asosan keksalarni uçratiş mumkin. Kon yopilgunça şaharçada 3 ming nafar aholi bölgan, hozir 500 atrofida aholi istiqomat qiladi. 

84 yoşli Böston aya 

Uşbu hududda ilgari «Çilten» uran koni bölgan va şu sababli “Konçilar şaharçasi” deb atalgan. Konning debeti (samaradorligi) pasayib borişi bilan 1985-yillarda uni yopiş işlari boşlangan, 90-yillargaça rekultivatsiya işlari yakunlanib, kon butkul yopilgan.