7 fevral kuni soat 10:00 larda, Farğona viloyati Oltiariq tumani hududidan ötuvçi 4P-148A avtomobil yölining 3-kilometrida haydovçi Ş.A. Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanayotib, rul boşqaruvini yöqotişi natijasida transport vositasi yöldan çiqib ketib, YTH yuzaga kelgan. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yöq.

Mazkur YTH yuzasidan Farğona viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.