Fransiyada utilizatsiyaga jönatilişi lozim bölgan Airbus A380 samolyoti mehmonxonaga aylantiriladi, deb xabar berdi Aerotime Hub.
Xabarda aytilişiça, bu iş bilan Airbus sobiq muhandisi Frederik Delyuz şuğullanadi. Mehmonxona Tuluza aeroporti yaqinida joylaştiriladi.
Havo kemasi 31ta - standart ikki örinli, uç yoki tört kişilik yarim lyuks va ikkita lyuks nomerdan iborat böladi.
Mehmonxona majmuasi tarkibiga şuningdek, 60 örinli restoran ham kiradi.
Airbus A380 —Airbus S.A.S kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan dunyodagi eng ulkan avialayner hisoblanadi. Uning balandligi 24, uzunligi 73 metr. Samolyotning uçta klassdagi modeliga 525 nafar, bir klassdagi modeliga 853 nafar yölovçi siğadi.












