“Damni tuşingda olasan. Qaşqadaryo viloyati “zamhokimi” dam oliş kunlari bölişiga qaramasdan, barça mahalla yordamçilarini işga çiqişga “çorlagan”. Bular Prezident belgilab bergan dam oliş kunlariga ham tupurib qöyişgan körinadi.
Avvalroq sökinib, keçalari “ZOOM” yiğilişlari bilan tarmoqlarda trendga çiqqan “zamhokim” endi odamlarni qonuniy dam olişga ham qöymaydi şekilli...”, deb yozadi bloger Otabek Artikov.
Bloger öz postiga ilova qilgan skrinşotda Qaşqadaryodagi hokim yordamçilari va rahbarlarning telegram-guruhida Nodir Erkayev 1 yanvardan viloyatdagi barça mahallalarda hokim yordamçilari iş boşlaşi kerakligi haqida körsatma berganini köriş mumkin.
“1 yanvardan hamma mahallada iş boşlaşi kerak. Ujye 2 kun yöqotdinglar, yana bir marta qaytaraman, hamma ertadan mahallada xatlovni boşlasin. Men keça Qarşi şahar Arabxona mahallasiga, bugun Koson tumani Natibaland va Toşköprik mahallasiga borib, hokim yordamçilari faoliyati bilan tanişdim, juda e’tirozlar qildim, faoliyatini töğri yölga qöyiş böyiça tavsiyalar berdim. Hamma şu 3 ta mahalla hokim yordamçilariga nomzodlar bilan nima e’tiroz bildirganimni gaplaşib olsin. Ertaga Qamaşi tumanidagi hokim yordamçilari faoliyati bilan tanişaman”, deb yozgan viloyat hokimining birinçi örinbosari.

Kun.uz hokim yordamçilarining dam oliş kunlari işga çaqirilgani böyiça izoh oliş maqsadida Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati bilan boğlandi. Viloyat hokimining matbuot kotibi Ahror Sodiqov uşbu masala yuzasidan rasmiy munosabat tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Biroq oradan ikki soatdan köproq vaqt ötsa hamki, rasmiy izoh e’lon qilinmadi.
Avvalroq Kattaqörğon şahar hokimi, senator Gavhar Alimova Qaşqadaryo viloyati hokimi tomonidan Özbekistonning boşqa hududlariga çigit olib çiqişga taqiq qöyilgani, buning oqibatida Kattaqörğon şahrida joylaşgan yoğ-moy mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxona Qaşqadaryodan sotib olgan çigitni viloyat hududidan olib çiqolmaganini aytgandi.













