Akademik, arxeolog-olim, tarix fanlari doktori, professor Edvard Vasileviç Rtveladze 80 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş böyiça Butunjahon jamiyati xabar bermoqda.
«Bugun taniqli olim, tarix fanlari doktori, Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş böyiça Butunjahon jamiyati ilmiy kengaşi raisi, «Özbekiston madaniy merosi jahon töplamlarida» loyihasining ilmiy rahbari, akademik Edvard Vasileviç Rtveladze 80 yoşida vafot etdi.
Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş böyiça Butunjahon jamiyati jamoasi E.V.Rtveladzening oilasi va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi», deyiladi xabarda.
U 1942 yilda Gruziyaning Borjomi şahrida tavallud topgan. 1967 yilda Toşkent davlat universitetini (hozirgi ÖzMU) tarixçi-arxeolog mutaxassisligi tamomlagan. Keyinçalik Moskvada doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1967 yildan Özbekiston san’atşunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim bölib işlagan. Ilmiy faoliyatini Markaziy Osiyoning qadimgi va örta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi, san’ati, madaniyati tarixini örganişga bağişlagan. Markaziy Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya va Fransiyada olib borilgan 80 dan ortiq ilmiy arxeologik ekspeditsiyalar iştirokçisi. Köpgina arxeologik yodgorliklarni oçgan va tekşirgan. Uning rahbarligida Tohariston ekspeditsiyasi tomonidan Kampirtepada olib borilgan qazişlar natijasida arxeologik amaliyotda ilk marta Kuşonlar davriga oid qadimiy şahar xarobasi töliq oçilgan.
Edvard Rtveladze Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan qatlamlarini, Buyuk Ipak yölining eski va yangi marşrutlarini örganib çiqqan. Özbekistonda va xorijda çop etilgan 840 dan ortiq ilmiy maqolalar va 41 monografiya muallifi hisoblanadi. Uning ilmiy rahbarligida 14 fan doktori va fan nomzodlari tayyorlangan.
Ilmiy faoliyati uçun 1985 yilda «Beruniy» nomidagi davlat mukofoti, 2001 yilda «Buyuk xizmatlari uçun» ordeni, 2003 yilda «Mehnat şuhrati» va 2017 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.











