Ikki örinli mitti avtomobil BMW kompaniyasini bankrotlikdan qanday asrab qolgandi?
|21:57 / 12.02.2022159 18113 min
1955 yilda BMW kompaniyasi italiyaliklar loyihalaştirgan ikki örinli mitti avtomobilni işlab çiqara boşlaydi. Ana şu avtomobillar kompaniyani bankrot bölişdan saqlab qoladi. Bu öşa paytda köpçilikning mehrini qozongan Isetta avtomobili edi.
1950-yillar nemis avtomobilsozlik kompaniyalari uçun oğir keladi. Ikkinçi jahon uruşida barça zavodlar aviazarbalar oqibatida vayron bölgan, ularni qayta tiklab işni yangitdan boşlaş kerak edi.
Nemis avtomobilsozlarining qiyin vaziyatga tuşib qolişi ularga raqobatçi bölgan AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya avtomobil sanoatining rivojlanişiga turtki böldi. Endi nemislar qanday qilib bölsa ham yöqotgan mavqeyini qaytarib olişi zarur edi. Şu jumladan, BMW kompaniyasi ham.
BMW kompaniyasi azaldan sifatga jiddiy e’tibor bergan holda avtomobil işlab çiqargan. Kompaniya avtomobillarini asosan öziga töqlar sotib olar, ular orasida örtahollarning çöntagi kötaradigan arzon avtomobil yöq edi. Uruş tufayli vaziyat özgaradi. Endi odamlar qimmat avtomobillarni sotib ololmasdi.
Foto: iedeiblog.comFoto: https://adska.ru/
Şundan söng kompaniya jamiyatning barça qatlamlariga möljallangan hamyonbop hamda tejamkor avtomobil çiqara boşlaydi va bu iş BMW'ni bankrot bölişdan saqlab qoladi.
Kompaniyaning qisqaça tarixi
BMW kompaniyasiga 1916 yilda Karl Fridrix Rapp asos solgan. 1917 yilda u rasmiy röyxatdan ötkazilgan. Kompaniya nomi Bayerische Motoren Werke AG (Bavariya motor zavodi) qisqartmasidan olingan. Kompaniya avtomobillardan taşqari aviatsiya va avtomobil sanoati uçun dvigatellar hamda mototsikllar işlab çiqargan. Keyinçalik SSSRda işlab çiqarilgan «Ural» va «Dnepr» mototsikllari ham aynan BMW kompaniyasi mahsuloti hisoblanadi. Sovetlar BMW R71 mototsiklini ruxsat olmasdan işlab çiqargan.
Ikkinçi jahon uruşi tugagandan söng nemis avtomobilsozlik kompaniyalari orasida eng qiyin vaziyatga BMW tuşadi. Kompaniyaning asosiy beşta zavodidan törttasi SSSR nazorati ostida bölgan şarqiy Germaniyada joylaşgandi. Şu sababli kompaniya ulardan umidini uzadi. Ğarbiy Germaniyada joylaşgan yagona zavod ham aviazarbalar oqibatida butunlay vayron bölgandi.
BMW’ning uruşda vayron qilingan zavodi / Foto: www.w2.zoomit.ir
Kompaniya 1947 yilda ittifoqçilardan (AQŞ, Fransiya va Buyuk Britaniya) qayta faoliyat uçun ruxsat oladi va Germaniya ğarbidagi zavodni qayta tiklay boşlaydi. Ammo barçasini boşidan boşlaş qiyin böladi. Buning ustiga boşqa avtomobilsozlik kompaniyalari bilan raqobatga kirişiş oson emasdi. Ana şunday holatda kompaniya bankrot böliş yoqasiga kelib qoladi.
Najot
Kompaniya 1951 yilda uruşdan keyingi ilk rusumi – BMW 501 avtomobilini işlab çiqaradi. Uşbu avtomobilning narxi juda qimmat bölib, uruşda batamom vayron bölgan Germaniya aholisida qimmat avtomobillarni sotib olişga pul yöq edi. Şu sababli BMW 501 unça ommalaşmaydi.
BMW 501 / Foto: picturehistory
Ana şu joyda kompaniya rahbariyati bankrot bölib qolmaslik uçun hammani birday qiziqtira oladigan, tejamkor hamda hamyonbop avtomobil işlab çiqariş lozimligini anglab yetadi.
1954 yilda Jyeneva avtosalonida namoyiş etilgan, italiyalik avtomobilsozlar işlab çiqargan ikki örinli Isetta rusumli avtomobili BMW rahbariyatining e’tiborini tortadi. Uşbu avtomobil ixçam va tejamkor bölib, şahar şaroitiga juda mos edi.
Iso Isetta / Foto: www.youngheaven.us
Şundan söng kompaniyada mazkur rusumni işlab çiqariş uçun uning litsenziyasini sotib oliş muhokama qilinadi.
Isetta
1950-yillarning boşida Italiyaning uy-rözğor buyumlari va motoroller işlab çiqaruvçi Iso SpA kompaniyasi avtomobil işlab çiqarişni rejalaştiradi. Kompaniya rahbari Rivolta Renso mazkur avtomobil ixçam va tejamkor bölişi talabini qöyadi. Şu tariqa kompaniyaning ikki nafar muhandisi rahbarning talabiga mos tuşadigan avtomobil loyihasini yaratişadi.
Ular yaratgan avtomobil motorollerdan biroz farq qilardi xolos. Ammo uning imkoniyatlari ança yaxşi edi. Avtomobil ikki örinli bölib, unga 9,5 ot kuçiga ega tejamkor dvigatel örnatilgandi. Italiyaliklar yangi avtomobilga kompaniya nomiga hamohang tarzda Iso Isetta deb nom berişadi.
Foto: pikabu.ru
Italiya kompaniyasining moliyaviy imkoniyatlari unça yuqori emasdi. Şu sababli ular ixçam avtomobilning litsenziyasini sotişga qaror qilişadi.
1954 yilda Fransiyaning VELAM kompaniyasi italiyaliklardan Iso Isetta avtomobilini işlab çiqariş litsenziyasini sotib oladi. Oradan biroz ötib, fransiyaliklar mazkur avtomobil kuzovidan foydalaniş huquqini BMW ga sotadi. 1955 yilda litsenziya braziliyaliklarga ham sotiladi.
Şu tariqa, uşbu ixçam avtomobil Fransiyada VELAM Isetta, Ğarbiy Germaniyada BMW Isetta, Braziliyada esa Romi-Isetta nomi bilan çiqariladi.
BMW Isetta
1955 yilda BMW kompaniyasi Isetta’ning kuzovidan foydalanişni qölga kiritgaç, unga 13 ot kuçi quvvatiga teng dvigatel örnatib işlab çiqara boşlaydi. BMW Isetta tez orada GFR aholisining sevimli avtomobiliga aylanadi. Avtomobil ayniqsa şaharlarda yaşovçilar örtasida tez ommalaşadi. Mazkur maşina tejamkor, ixçam böliş bilan birga, narxi ham arzon edi. Öşa paytda u 2650-2710 marka sotilgan.
Foto: info.drom.ru
1956 yilda Suvayş kanali böyiça mojaro kelib çiqadi. Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir Buyuk Britaniya va Fransiyadan uning egaligini tortib oladi. Oqibatda uruş boşlanib, kanal yopilib qoladi. Şundan söng Yevropa mamlakatlarida yonilği inqirozi boşlanadi. Bu holat tejamkor avtomobil işlab çiqarayotgan BMW kompaniyasiga qöl keladi va BMW Isetta’ga talab keskin oşib ketadi. Kompaniya yaxşi daromad ola boşlaydi.
1964 yilgaça BMW kompaniyasi 160 ming dona BMW Isetta sotadi. Bu öşa davr uçun yaxşi natija edi. Kompaniyaning raqobatçilari bu paytda yirik ölçamli, yonilği sarfi köp bölgan avtomobillar işlab çiqarardi. Oradan biroz ötib, BMW ham Isetta’ning 3 eşikli, 4 örinli rusumini işlab çiqarişga ötadi va u qulaylikda raqobatçilar işlab çiqarayotgan qimmat avtomobillardan unça qolişmasdi.
BMW Isetta 600 / Foto: www.bonhams.com
Sakkiz yil davomida Isetta uç xil körinişda işlab çiqariladi. Ularning 1 eşikli, 2 örinli varianti BMW Isetta 250, BMW Isetta 300 nomlari bilan, 3 eşikli, 4 örinlisi BMW Isetta 600 nomi ostida bozorga çiqarilgan. Öşa paytda BMW Isetta’ning eng ajralib turgan joyi unda rul çambaragi eşikda joylaşgan edi. Ya’ni mitti avtomobilning yagona eşigi uning old tarafiga örnatilgan va rul çambaragi unga biriktirilgandi.
BMW Isetta’ning raqobatçilari
Ötgan asrning 50-yillarida ixçam va tejamkorlikda Isetta avtomobillari yagona emasdi. Yana bir qator avtomobilsozlik kompaniyalari bunday turdagi avtomobillarni işlab çiqargan. Ular orasida eng maşhuri Volkswagen Beetle edi. Volkswagen Beetle avtomobil ixlosmandlari orasida «qönğizça» nomi bilan maşhur.
Volkswagen Beetle / Foto: motorious.com
Volkswagen mazkur ixçam avtomobilni işlab çiqarişni 1938 yildan boşlagan. Uruşdan söng Volkswagen kompaniyasi ham aynan Volkswagen Beetle tufayli tez oyoqqa turib olgandi. Mazkur avtomobil 2003 yilgaça yangilangan holda işlab çiqarilgan.
Uruşdan söng BMW Isetta’ga raqobat qilganlardan yana biri Fransiyaning Citroën kompaniyasi tomonidan 1948 yildan boşlab işlab çiqarilgan Citroën 2CV avtomobili edi. Mazkur avtomobilning narxi juda arzon bölgani uçun u asosan örtahol va undan past darajada yaşayotgan fransiyaliklar orasida juda ommalaşadi. Citroën 2CV avtomobili 1990 yilgaça işlab çiqarilgan.
Citroën 2CV / Foto: hdd-motors.at
Messerschmitt KR200 – uşbu avtomobil ikkinçi jahon uruşida Germaniya armiyasini samolyot bilan ta’minlagan Messerschmitt kompaniyasining mahsuloti edi. Gap şundaki, uruş tugagandan söng ittifoqçilar mazkur kompaniyaga samolyot işlab çiqarişni taqiqlab qöyişadi. Şundan söng Messerschmitt mototsikl, motoroller va nogironlar uçun motorli aravaça işlab çiqara boşlaydi.
Oradan biroz ötib, kompaniya uç oyoqli Messerschmitt KR200 – kabinali motoroller işlab çiqara boşlaydi. Bu motorollerlar uruşdan söng iqtisodiy holati yaxşi bölmagan köplab odamlar uçun tejamkor transport vositasi rolini bajaradi.
Messerschmitt KR200 / Foto: Motor Globe
Mazkur motorollerning taşqi körinişi avtomobilning özi edi. Messerschmitt KR200 1955 yildan 1964 yilgaça işlab çiqarilgan. Messerschmitt kompaniyasi 1956 yilda yana samolyot işlab çiqariş uçun ruxsat oladi. Şundan söng kompaniya Messerschmitt KR200 işlab çiqaruvçi bölimini sotib yuboradi. 1962 yildan boşlab Messerschmitt KR200 ga talab keskin kamaya boşlaydi va 1964 yilda uni işlab çiqariş töxtatiladi.
BMW Isetta’ning texnik tavsiflari:
Işlab çiqariş boşlangan yil: 1955 yil (Iso Isetta 1953 yildan, VELAM Isetta 1954 yildan, Romi-Isetta 1955 yildan);
Işlab çiqargan davlat: Germaniya Federativ Respublikasi (Fransiya va Braziliyada ham işlab çiqarilgan)
Platforma: Iso Isetta
Kuzov turi: kupe — 1 eşikli, 2 örinli (1957 yilda 3 eşikli va 4 örinli BMW Isetta 600 işlab çiqarilgan);
Maksimal tezligi: soatiga 85 km (BMW Isetta 600 da soatiga 100 km);
Ğildirak bazasi: 1500 mm (BMW Isetta 600 da 1700 mm);
Oğirligi: 360 kg (BMW Isetta 600 ning oğirligi 515 kg;
Avtomobilning dvigateli orqada, eşigi esa old qismida bölgan. Rul çambaragi eşikka örnatilgan.
BMW kompaniyasi BMW Isetta avtomobillarining muvaffaqiyatli savdosi ortidan bankrot bölişdan saqlanib qoladi, balki yaxşi foyda ham köradi. BMW Isetta avtomobillari nafaqat Germaniyada, balki Yevropaning boşqa davlatlarida ham odamlarning sevimli avtomobiliga aylana oldi. Şu sababli, 1957 yilda BMW Buyuk Britaniyada ham BMW Isetta avtomobillarini işlab çiqara boşlaydi. 1958 yilda Fransiya kompaniyasi VELAM Isetta avtomobillarini işlab çiqarişni töxtatgaç, BMW Isetta’ning savdo körsatkiçi yana oşadi.
BMW kompaniyasining oyoqqa turişi
BMW Isetta tufayli bankrot bölişdan saqlanib qolgan kompaniya 1959 yilda BMW 700 rusumli avtomobil işlab çiqara boşlaydi. Uşbu avtomobil 2 örinli bölib, taşqi körinişi ança zamonaviy edi. Şu sababli u ham tez ommalaşadi.
Kompaniya olti yilda BMW 700 avtomobilidan qariyb 200 mingta işlab çiqarib, sotişga erişadi. Mazkur avtomobil 1959 yildan 1965 yilgaça işlab çiqarilgan. BMW 700 avtomobili BMW R67 mototsiklining dvigateli örnatilgan holda işlab çiqariladi. Mazkur dvigatelning quvvati 32 ot kuçiga teng bölib, u soatiga 125 kilometr tezlikka erişa olgan.
BMW 700 / Foto: www.vijesti.me
BMW 700 avtomobili kompaniyaning BMW Isetta’dan keyingi eng yaxşi loyihasi edi. Aynan şu rusumdagi avtomobillarning muvaffaqiyatli savdosidan keyin BMW bankrot böliş xavfidan batamom qutulib ketadi.
BMW hozirgi kunda
Bugun BMW dunyo avtomobilsozlik kompaniyalari orasida öz örniga ega. Kompaniya avtomobillar işlab çiqariş va ularning savdosi böyiça yuqori örinlarni egallaydi. BMW rusumlarining aksariyati qimmat va kompaniya endilikda arzon avtomobillarni umuman işlab çiqarmaydi.
Birgina misol, BMW 2021 yilda qimmat avtomobillar savdosida Mercedes-Benz va Tesla’ni ortda qoldirib, dunyoda birinçi örinni egallagan. Şuningdek, kompaniya 2021 yilda 2,2 million dona avtomobil işlab çiqarib sotgan va umumiy hisobda 10-örinni egallagan.
Foto: www.alamy.com
Ötgan asrning 50-yillarida bankrotlik yoqasida turgan kompaniyaning sönggi yillardagi aylanma mablaği 100 milliard yevrodan oşiqroqni taşkil etmoqda. Sof foydasi esa 5-6 milliard yevroga yetgan. Bugun BMW korxonalarida 130 ming nafardan ziyod işçi-xodim bor va kompaniya aktivlari 200 milliard yevrodan oşmoqda.
Foto: m.d1ev.com / BMW muzeyi
BMW dunyo avtomobil sanoatida öz örniga ega bölgaç bir qator kompaniyalarni sotib oldi. Jumladan, 1994 yilda Buyuk Britaniyaning Rover Group kompaniyasini, 1998 yilda inglizlarning yana bir maşhur kompaniyasi – Rolls-Royce Motors’ni xarid qildi.