Prezident maktablari o‘quvchilari uchun «Renessans» oromgohi tashkil etiladi

Foto: Zomin Sunrise
Vazirlar Mahkamasining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi bolalar oromgohi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga asosan “O‘zmetkombinat” AJning Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufiga beg‘araz o‘tkazilgan. Kelgusi 10 yil davomida oromgohni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi. “Yoshlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi negizida “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etiladi.
Quyidagilar oromgoh faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
- bolalarni sog‘lomlashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish;
- yoshlarning IT, STEAM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika), biznes boshqaruvi, ijod sohalaridagi iqtidorini rivojlantirish;
- yoshlarni tadbirkorlikka o‘rgatish, tashabbuslar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash;
- imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
- iqtidorli yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ular bilan tizimli ishlash mexanizmlarini joriy etish.
Oromgoh yil davomida faoliyat yuritadi, unda iqtidorli bolalar dam oladi va o‘qitiladi.
Quyidagilar oromgoh faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
- “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari;
- Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari;
- startap loyihalarni va xizmatlarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
- yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
- xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
-
Tramp davrida federal budjet xarajatlari 154 mlrd dollarga oshdi
Jahon | 23:09 / 11.04.2025
-
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin
Jahon | 23:08 / 11.04.2025
-
Tramp tariflari investorlarning AQSh obligatsiya bozorlaridan qochishiga olib keldi
Jahon | 22:13 / 11.04.2025
Mavzuga oid

15:20 / 30.05.2024
Bolalar oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi

10:33 / 19.06.2023
65 ta bolalar oromgohi kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimiga o‘tkazildi

18:29 / 30.05.2023
Farzandini oromgohga yuborayotgan ota-onalarga huquqiy eslatmalar berildi

10:12 / 22.11.2022