Toşkent şahri Şayxontohur tumanining Alişer Navoiy köçasidagi ta’mirlaş işlari internetda şov-şuv bölgaç poytaxt hokimligida ötkazilgan matbuot anjumanida Jahongir Ortiqxöjayev Akfa va Artel kompaniyalari tomonidan qilinayotgan homiylik işlari haqida ma’lumot berdi.

«Oçiğini aytaman, katta kompaniyaning rahbari bölganman. Yoşligimdan siyosatçi bölmaganman. Tarixim xohlaysizmi, yöqmi, işlab çiqariş, tadbirkorlikka töğridan töğri boğliq. Umrim böyi siyosatda işlamaganman, bilasizlar. 

Homiylik masalasiga kelsak, men mana şu mamlakatning farzandiman. Bozorimiz ham, mozorimiz ham şu - Toşkentda. 

3,5 yillik faoliyatim böyiça köp joylarga oldingi işlagan kompaniyalarim köp yordam berdi, homiylik qilib keldik. Lekin bilasizlarni yöqmi, riyo degan narsa bor, savob degan narsa bor. Agar bugungi homiylikni oçiq-oydin aytmasang, savobini u dunyoda olasan. Agar aytsang riyo böladi. U işni qilyapman, bu odamga yordam beryapman deb aytsang, bu savob emas, riyo böladi. Şundaymi? Şuning uçun bugungi kungaça aytmadik», dedi sözining avvalida hokim. 

Akfa va Artel kompaniyalari öz mulklarini sotib, faqat işlab çiqarişni qoldiradi.

«Lekin bugun köpçilik suriştirdi, töğri, men işlagan kompaniya, sizlar bilasizlar – Akfa, Artel köp narsalardan voz keçyapti. Ya’ni faqat işlab çiqarişni olib qoladi; magazin, supermarket, gipermarket – bularning hammasini sotişga qaror qildi. «Ekobozor»ni ham sotdi. Va sotilgan pullarning yarmini bankdagi qarzlarini tölaşga, yarmini şaharga homiylik uçun bermoqçi.

Bulardan hali xabaringiz bormi yöq bilmayman: Akfa medline ham bu yil 200 nafar yurak xuruji bilan xastalangan bolalarni tekinga operatsiya qilib beradi, ötgan yili 75ta operatsiya qilgandi, bu yil 200ta qiladi. Aytmoqçi emasdim, aytişga majbur böldim. Özbekiston böylab eng qiynalgan 75 nafar bolalarni operatsiya qilişdi. Undan taşqari, köp-köp qilgan işlari bor. 

Bu yil Akfa ham, Artel ham yordam beriş maqsadida nima yordam qilaylik, siz bizda işlagansiz deb söraşyapti. Öz mulklarini sotyapti, yarmini bankka kreditlaridan qutulişga beryapti, yarmini şaharga parklar, alleyalar qurişga katta-katta yordam beryapti. Operatsiyalar va kambağallarga uylarining tomini yopiş, kiçik mahallalar yöllarini asfaltlaştirişga beryapti», dedi hokim. 

Bu kompaniyalar joriy yilda hokimlikka 80 milliard sömlik yordam puli körsatişni rejalaştirgan.