Yangi yulduzdan – Kofirqal’agaça. Özbek olimlarning sönggi ön yillikdagi eng muhim 10 kaşfiyot va ixtirolari
|02:32 / 18.02.202250 58012 min
Fan-texnika taraqqiy etib bormoqda. Şiddat bilan rivojlanayotgan elektrotexnika, biotexnologiya, fizika va koinot ilmida insoniyat tomonidan birgina yangi asrning özida yuqori muvaffaqiyatlarga erişildi.
Özbekiston Fanlar akademiyasi
Albatta, bu borada özbekistonlik olimlarning ham e’tirof etişga arzirli kaşfiyot (topilma) va ixtirolari bor.
Kun.uz muxbiri Özbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi institutlar olimlari tomonidan yaqin 10 yillikda qilingan eng muhim 10 ta ana şunday kaşfiyot va ixtirolarni sanadi.
1. Yangi yulduz
2017 yil 25 may kuni özbekistonlik astronomlar Qaşqadaryo viloyatidagi Hisor toğ tizmalarida joylaşgan Maydanak observatoriyasida yangi yulduzning çaqnaşini qayd etişgan.
Çaqnaş Yetti qaroqçi yulduz turkumidagi NGC 3938 raqamli spiral galaktikada röy bergan. Buning natijasida yangi paydo bölgan yulduzga SN 2017ein nomi berilgan.
Fanlar akademiyasi tomonidan öşa vaqtda e’lon qilingan xabarga köra, yangi yulduz bizga nisbatan yaqin, «atigi» 50 million yoruğlik yil masofada joylaşgan.
«Yulduz yorqinligi özgarişining dastlabki tahlillari bu noyob hodisa ekanligini körsatmoqda. Şuning uçun Maydanakda bajarilayotgan kuzatuvlar nihoyatda muhim hisoblanadi va katta ilmiy ahamiyat kasb etadi», – deyilgan xabarda.
Ma’lumot uçun, Astronomiya sohasidagi zamonaviy tasavvurlarga köra, yulduzlar ham tirik mavjudotlar kabi tuğiladi, milliard yil rivojlanadi (umr köradi) va nihoyat sönadi. Ayrim yulduzlarning evolyutsiyasi öta halokatli, katta portlaş bilan tugaydi. Bunday paytlarda yulduzning qa’rida qizib yotgan modda atrofga soçilib ketadi va keçagina xira bölib yoki umuman Yerdan turib körinmaydigan yulduzça örnida yorqin yangi yulduz paydo böladi.
Bunday jarayonlarni kuzatiş olimlarga yulduzlarni tuzilişi va evolyutsiyasi qonunlarini tuşuniş kabi fundamental masalalarga oydinlik kiritiş imkonini beradi.
2017 yilda özbek olimlari tomonidan ilk bor kremniy dioksidi nanozarraçalari asosida çangdan himoyalovçi öta şaffof qatlamlar oliş texnologiyasi yaratildi.
Mavzuga oid
Qatlamlar olişda FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida yaratilgan va AQŞ, Yaponiya, Koreya, Tayvan, Yevropa ittifoqi mamlakatlarida patentlangan monosilan texnologiyasini amalga oşirişdagi yondoş mahsulotlardan foydalanilgan. Uşbu qatlamlar nafaqat öta gidrofoblik (suv yuqtirmaslik) xususiyatini, balki keng optik diapazonda öta şaffoflikni ham namoyon etdi. Uşbu xususiyatlar bu qatlamlar yordamida quyoş panellari sirtini çangdan himoyalaşda juda qöl keladi.
3. Import örnini bosuvçi mobil ozonatorlar
2016 yilda Özbekistonda import örnini bosuvçi mobil ozonatorlar yaratildi. Ular esa sabzavat omborlari va issiqxonalarni dezinfeksiya qiliş, zararkunandalarga (siçqon va un qurtlariga) qarşi kuraşişda yuqori samaradorlik körsatdi.
Ozon generatori – xonalarni dezinfeksiyalaş, bakteriyalardan zararsizlantiriş hamda uruğlarga ekiş oldi işlov beriş (fungitsid örniga) uçun qöllaniladi. 1g ozon işlab çiqiş uçun energiya sarfi-40 Vtç.
Mobil ozon generatori (bir soatda 10-20 g ozon) katta hajmli xona va omborlarni, sovutqiç va refrijyeratorlarga tez işlov beriş imkonini beradi. Ozon texnologiyasi özining ekologik tozaligi va yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi.
Ozon generatorlarini qişloq xöjaligi tarmoqlariga keng qöllaş maqsadida mikrobiologlar bilan hamkorlikda issiqxonalar tuproğini bakteriyalardan zararsizlantiriş, dorivor, ozuqaviy qöşimçalar oliş uçun suv ötlaridan xlorella va spirulinalarni yetiştirişning samarali biotexnologiyalari işlab çiqilmoqda.
4. Keramik infraqizil nurlaniş ta’sirida texnik glinozem oliş texnologiyasi
2019 yilda FA olimlari tomonidan keramik infraqizil nurlaniş ta’sirida texnik glinozem oliş texnologiyasi yaratildi va bu orqali an’anaviy usullarga nisbatan 5-7 barobar kam tannarxga erişildi.
Ma’lumot uçun, dunyoda sanoatning tez rivojlanib borişi rangli metallarga va jumladan, alyuminiyga bölgan ehtiyojni keskin ortişiga olib keldi. Alyuminiy asosan boksitlardan (alyuminiy miqdori 50 foizdan ortiq) olinadi, lekin Özbekistonda bu xomaşyo çeklangan miqdorda mavjud xolos, biroq kömir konlarining yuqori qatlamidagi ikkilamçi kaolinlar tarkibida 22 foizgaça alyuminiy mavjud.
Har yili 10 mln tonnadan ortiq ikkilamçi kaolin undagi alyuminiy miqdori kam bölganligi sababli texnogen çiqindi sifatida yiğiladi. Şuning uçun mahalliy ikkilamçi kaolinni boyitiş va undan glinozem (alyuminiy oksidi) işlab çiqariş eng dolzarb ilmiy masalalardan hisoblanadi.
Kaolinlardan glinozem işlab çiqarişning ikki usuli mavjud: kislotalar yordamida va yuqori haroratda eritiş.
Bunda birinçi usul ekologiyaga salbiy ta’sirini körsatsa, ikkinçisi mahalliy kaolin tarkibida alyuminiy kamligi tufayli iqtisodiy samarasiz hisoblanadi.
Ta’kidlaş kerakki, alyuminiy işlab çiqarişning an’anaviy texnologik tizimi murakkabligi, elektr energiya sarfining köpligi, qimmat narxli ftor tuzlari, uglerodli anod massasi, glinozem kabi materiallar qöllanilişi bilan ajralib turadi. Bulardan taşqari, jarayon köp bosqiçli, metall sarfi juda katta va uzoq vaqt talab qiladi.
FA Materialşunoslik instituti olimlari tomonidan bu masalani yangi yeçimi taklif etilgan. Unga köra, kam alyuminiyli kaolin monoimpuls ta’sirida boyitiladi va tarkibda glinezom miqdori ortadi. Yangi ixtiro tufayli, hozirgaça rentabelligi past jarayon, yuqori rentabel jarayonga aylanadi.
Laboratoriya va yarim sanoat şaroitida ötkazilgan tajribalar uşbu texnologiyadan foydalangan holda glinozem yoki alyuminiy oksidini ajratiş jarayonida energiya sarfi bir neça marta kamayganligini, natijada xomaşyoni eritiş va alyumin oksidini ajratişga sarflangan vaqt bir neça marta tejalişini körsatmoqda. Eng muhimi, olingan alyumin oksidining miqdori 22 foizdan 99,5 foizga yetgan.
Bu orqali ekologiyaga çiqadigan zararlarni kamaytirişga ham erişiladi.
5. Seysmik faol hududlarda joylaşgan bino va inşootlarning «Elektron texnik pasport» axborot tizimi
2021 yilda seysmik faol hududlarda joylaşgan binolarning «Elektron texnik pasport» axborot tizimi işga tuşirilgani va «Özbekiston seysmologik atlasi» hamda «Özbekiston hududining seysmik risk xaritasi» işlab çiqilganini sohada katta özgarişlardan deyiş mumkin.
Ma’lumot uçun, «Elektron texnik pasport» axborot tizimining işga tuşirilişi seysmik faol hududlarda joylaşgan inşootlarni normal ekspluatatsiya qiliş muddatini uzaytiriş uçun avariya holatidan oldingi va avariyaviy holatini öz vaqtida aniqlaş imkonini beradi. U şuningdek, buziliş xavfi bor binolardan foydalanişni töxtatiş maqsadida, ularning zilzilabardoşliligi böyiça texnik holatini baholaşga xizmat qiladi.
Bunday tizim Özbekistonda ilk bor işga tuşirilgan.
«Elektron texnik pasport» tizimi orqali Özbekiston hududidagi mavjud bino va inşootlarning texnik holatini baholaş bilan bölişi mumkin bölgan hodisalarning oldi olinadi. Iqtisodiy yöqotişlarni kamaytiriş, jumladan, insonlar hayotini saqlaşga xizmat qiladi. Bunday tizimni yölga qöyilişi zilzilalar xavfi mavjud bölgan hududlar uçun ustuvor yönalişdagi vazifalardan hisoblanadi.
FA Seysmologiya institutida şuningdek, kuzatilgan zilzilalarni kartografik jihatdan tasvirlaş, zilzila jarayonlarini hozirgi tendensiyasi, oqibatlarini baholaş va yuzaga kelişi mumkin bölgan zilzilalarga qarşi köriladigan çora-tadbirlarni rejalaş maqsadida «Özbekiston Seysmologik atlasi» tuzildi.
«Seysmologik atlas» öz içiga 70 dan ziyod xaritalarni mujassamlaştirgan.
Tarixiy va instrumental ma’lumotlarga köra, respublika hududida MSK-64 şkalasi böyiça 7, 8 va 9 ball silkinişli zilzilalar qayd etilgan. Binobarin, uşbu hududlar uçun kelajakda şunga öxşaş hodisalarning takrorlaniş ehtimoli yuqori. Bu iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik oqibatlarning yuzaga keliş ehtimolini körsatadi.
6. Fanga noma’lum bölgan 30 dan ortiq ösimlik turlari
Oxirgi 10 yilda özbekistonlik olimlar tomonidan fanga ma’lum bölmagan 30 dan ortiq ösimlik turlari kaşf qilindi.
7. «Poliardez» antiseptik vositasi
2017 yilda Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan nanotexnologiyalar asosida yaratilgan «poliardez» antiseptik vositasini sanoat miqyosida işlab çiqarilişi yölga qöyildi.
Polimer asosli, nanostrukturali, xlorsiz «poliardez» dezinfeksiyalovçi eritmasi ma’lum bölgan xlor tutgan vositalardan farqli ravişda yuqori dezinfeksiyalaş faolligiga ega bölib, zaharsiz, ta’msiz va hidsizdir. Dezinfeksiyalovçi eritmaning ta’sir körsatuvçi moddasi polimer eritmasi bilan barqarorlaştirilgan kumuş nanozarralari hisoblanadi. Polimer-barqarorlaştiruvçi sifatida Özbekistonda işlab çiqariladigan Na-karboksimetilsellyuloza qöllanilgan.
Zararli ta’siri tufayli dunyoning köpgina davlatlarida man etilgan xlorli vositalardan farqli ravişda «poliardez» jamoat binolari, jamoat avto- va temir-yöl transporti, maktablar, bolalar boğçalari, kommunal xöjaliklar, supermarketlar, basseynlar va boşqa hududlarni dezinfeksiyalaşda qöllanilişi mumkin.
8. 3 ming 300 yil avval toğ-adir qismlariga yoyilgan manzilgoh
2020 yilda Toşkent viloyati Ohangaron tumanida joylaşgan Quyun yodgorligida olib borilgan qazuv işlari natijasida bundan 3 ming 300 yil avval toğ-adir qismlariga yoyilgan manzilgoh örni aniqlangan.
Ma’lumotlarga köra, bu yerda köçmançi çorvador madaniyati hisoblangan Andronovaliklar hunarmandçilik buyumlari, Toşkent vohasining ötroq dehqonçilik madaniyati (Burganlik) vakillarining hunarmandçilik buyumlari birgalikda uçraydi. Quyun yodgorligining ahamiyatli tomoni – Burganlik madaniyatini mutlaq xronologiyasini oydinlaştirişga yordam beradi.
9. Nanofaol qöşimçali kompozit plyonka
Fanlar akademiyasining Materialşunoslik instituti olimlari tomonidan 2013 yilda dunyoda birinçi marta faol nanokompozitsion qöşimçali plyonka işlab çiqariş texnologiyasi yaratilgan.
Ma’lumot uçun, odatdagi texnologiya böyiça, plyonkalar uç qavatda işlab çiqariladi. Taklif etilgan texnologiya böyiça esa har bir qavatga nanokompozitlar qöşiladi. Nanokompozit köp qavatli bölganda, umumiy strukturada qavatlar yuzalarining fazalararo ta’sirlaşuvi natijasida unda yangi xususiyatlar paydo böladi. Xususan, ma’lum tölqin uzunligidagi nurlarning generatsiyasi, plyonkaning taşqi ta’sirlarga bardoşliligini ortişi, mikro yoriqlarning kamayişi kabi.
Yaratilgan plyonka, quyoşdan kelayotgan ultrabinafşa nurlarni qizil va infraqizil tölqindagi nurlarga aylantiradi. Infraqizil nurlar tuproqqa 1 metr çuqurlikkaça kirib, uni qizdiradi. Tuproqdan qaytgan infraqizil tölqindagi energiyani esa plyonka taşqariga çiqarmaydi. Buning hisobiga taşqi harorat -3-7 daraja sovuq bölganda ham qöşimça qizdirişsiz içki harorat +5+7darajagaça issiqlik bilan ta’minlanadi (an’anaviy plyonkalarda 0+2 daraja). Infraqizil nurlar miqdori oşganligi sababli, ösimliklar 1,5-2 barobar tez rivojlanadi.
Yangi plyonkalar Toşkent, Farğona va Jizzax viloyatlaridagi issiqxonalarda qöllanilganda ularga sarflanadigan energiya 60-65 foizga kamaygani, hosildorlik esa 30-50 foizga ortgani kuzatilgan.
Yangi plyonkalarni işlab çiqariş texnologiyasi “Jizzaxplastmassa” AJda sanoat-tajriba miqyosda joriy etilgan.
10. Kofirqal’a
2018 yilda Samarqand viloyatida joylaşgan Kofirqal’a yodgorligining ilk örta asrlardagi töliq tarixi aniqlandi.
Yodgorlik ilk örta asrlarda Samarqand hukmdorlarining şahar taşqarisidagi qarorgohi bölgani aniqlangan, ya’ni şahar taşqarisidagi kiçik poytaxti. Bu yerda islom dini kirib kelişidan oldingi davrga oid zarduştiy diniga ibodat qilgan hukmdorlar öz ibodatxonasini va saroyini barpo qilgani töğrisida ma’lumotlar arxeologik qazişmalarda qölga kiritilgan.
Kofirqal’aning ahamiyati şundaki, u bilan yozma manbalarda tilga olinmagan yangi ma’lumotlarga ega böliş mumkin. Bu jihatdan, Kofirqal’a Samarqand vohasida ilk örta asrlarda mavjud bölgan hukmdor saroylari böyiça etalon yodgorlik sanaladi.
Fanlar akademiyasi va internet ma’lumotlari asosida
Ilyos Safarov tayyorladi.