Bu yil çet tili asosiy fani bölgan abituriyentlarni kiriş imtihonlarida yangilik kutmoqda. Fanlar majmuasiga çet tili birinçi fan sifatida kiritilgan:

  • Özbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Samarqand davlat çet tillari instituti;
  • Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti.

Şuningdek:

  • Toşkent davlat pedagogika universiteti;
  • Qöqon davlat pedagogika instituti;
  • Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar böyiça pedagoglarni tayyorlovçi bakalavriat ta’lim yönalişlarida çet tilidan test emas, tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş hamda gapiriş kompetensiyalarini aniqlaş va baholaşga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon olinadi.

«Xorijiy tillarni örganişni takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi hukumat qaroriga köra, imtihonni DTM ötkazadi. Çet tilidan milliy (CEFR) va xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega bölgan abituriyentlarning imtiyozlari saqlab qolinadi.

Kutilmagan yangilik

Bu hol çet tili böyiça tayyorgarlik körayotgan abituriyentlar uçun kutilmagan yangilik böldi. Sababi abituriyentlarning asosiy qismi test körinişidagi imtihon uçun tayyorgarlik körişadi. Ijodiy imtihon esa odatiy testlardan farq qiladi: öqiş, tinglab tuşuniş, yoziş va gapiriş könikmalarini sinovdan ötkazadi. OTMlarga çet tilidan maksimal ball beradigan sertifikat bilan kiradiganlar esa köp emas. Ötgan yilgi qabulda hujjat topşirgan 948 ming nafar abituriyentdan 8 079 nafarining sertifikati DTM tomonidan tasdiqlangan va qabul qilingan edi.

Ayni ötgan yilgi qabulda Özbekiston davlat jahon tillari universitetiga 16,3 ming, Samarqand davlat çet tillari institutiga 5,9 ming, Toşkent davlat şarqşunoslik universitetiga 4,9 ming nafar abituriyent hujjat topşirgan.

Yana 3ta pedagogika OTMlarining çet tilidan ijodiy imtihon olinadigan fakultetlariga hujjat topşiradigan abituriyentlar soni ham qöşilsa, ançagina kontingent hosil böladi va ular uçun qisqa muddatda ijodiy imtihonni taşkillaştiriş Davlat test markaziga katta vazifa yuklaydi. Ijodiy imtihon haqida hali köp narsa aniq emas, lekin e’lon qilingan yangiliklarni boriça tahlil qilişga harakat qilamiz.