Prezidentning “2022-2025 yillarda Özbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
2022-2025 yillarda Özbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantiriş strategiyasi tasdiqlanadi.
Belgilanişiça, “Intellektual mulkning samarali huquqiy muhofazasidan – kuçli huquqiy himoyasi sari” tamoyili asosida intellektual mulkni jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini rivojlantiruvçi asosiy drayverga aylantiriş orqali Yangi Özbekistonni ilmiy-texnikaviy va ixtiroçilik jihatdan taraqqiy etgan davlatlar sirasiga kiritiş hamda mintaqaviy brendlarni hududlarni har tomonlama rivojlantiruvçi vosita sifatida yuzaga çiqariş strategiyaning boş maqsadi hisoblanadi.
Strategiyada belgilangan ustuvor vazifalarning samarali ijrosini ta’minlaş uçun jamiyatda intellektual mulkka hurmat hissini yanada oşiriş va huquqbuzarliklar sodir etilişining oldini oliş böyiça profilaktika tadbirlari ötkazilişini kuçaytiriş maqsadga muvofiq deb topiladi hamda quyidagi davlat organlariga intellektual mulk huquqlarini himoya qiliş böyiça qöşimça funksiyalar yuklatiladi:
Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligiga – dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat röyxatidan ötkaziş jarayonida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaga doir texnik jihatdan tartibga soliş hamda intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya etilişini ta’minlaş;
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga soliş agentligiga – öz vakolatlari doirasida mahsulotlarni sertifikatlaştiriş, muvofiqlik sertifikatlari va belgilarini berişda intellektual mulk sohasidagi qonunçilik hujjatlariga rioya etilişini nazorat qiliş.
Kontrafakt mahsulotlarning respublikaga kirib kelişi va erkin muomalasi oldini oliş maqsadida Davlat bojxona qömitasi tarkibida Intellektual mulk obekti huquqlarini himoya qiliş bölimi taşkil etilgan.
Şunday tartib örnatiladiki, unga köra intellektual mulk obekti huquq egalarining huquqlarini bojxona organlari orqali himoya qilişda mavjud bölgan ortiqça byurokratik tösiqlar sohani raqamlaştiriş orqali töliq bekor qilinadi.
Bunda, 2022 yil 1 iyunga qadar reyestrga intellektual mulk obektlari töğrisidagi ma’lumotlarni kiritiş böyiça arizani va uşbu ariza böyiça qabul qilingan qarorni “Yagona darça” bojxona axborot tizimi orqali onlayn ravişda elektron tarzda yuboriş va qabul qiliş tartibi yölga qöyiladi.











