Klub rasmiy sayti xabariga köra, 4 nafar asosiy tarkib futbolçilarining koronavirusga topşirgan testi musbat natija bergan. Klub uşbu öyinçilarni nomma-nom sanamaslikka qaror qildi. Qayd etilişiça, futbolçilarda kasallikning yengil alomatlari sezilgan. Ular özini yakkalaş tartibiga ötkazildi.
Avvalroq, Italiya naşrlari rimliklar safidagi Eldor Şomurodov va Genrix Mxitaryan COVID-19 infeksiya yuqtirgani haqida xabar bergandi. Yana ikki futbolçidan biri ispaniyalik Karles Peres ekani aytilmoqda. Jamoa boş murabbiyi Joze Mourino tarkibda yöqotişlar yuzaga kelgani, 9 nafar futbolçi turli sabablar bilan şanba kungi «Verona»ga qarşi öyinni ötkazib yuborişini bildirdi.
Ma’lumot uçun, «Roma» - «Verona» uçraşuvi ertaga, 19 fevral şanba kuni soat 22:00da boşlanadi. Rimliklar turnir jadvalida 40 oçko bilan 7-örinni egallab turibdi. Eldor Şomurodov A Seriya joriy mavsumida 19 öyinda 2ta golga mualliflik qilgan.












