Tuşunişimizça, hokim Bahromjon Haydarov mazkur “quroli”ni “döppi tor kelgan payt”da qöllaydi.
Uning ayol qöriqçisi sizni beparda sözlar bilan haqoratlab, töpolon kötarib şarmanda qilişga urinişi, suratga oliş işlariga xalaqit berişi, özingizga va uskunalaringizga zarar yetkazişi mumkin. Kuni keça Andijon şahar hokimidan izoh olmoqçi bölgan “Vodiy 24” naşri jurnalistlari ana şunday “hujum”ga uçraşdi va ularni hokim qabulxonasidan quvib çiqarmoqçi bölişdi.
Qiziği, Kun.uz ijodiy jamoasi ham tört oy oldin şahar hokimining noqonuniy qaroriga köra qurilayotgan inşoot yuzasidan suriştiruv ötkazayotib ana şunday ayol qarşiligiga uçragandi. Bu haqda keyinroq. Keling, keçagi voqeaga töxtalsak.





Şahar hokimining “spetsnaz” guruhi nima uçun kerak?
YouTube tarmoğidagi Şuhrat Esonov kanalidagi videolavhalarga köra, Andijon şahar hokimi qabulxonasida qiziq holat yuz bergan.
Videotasvirlarda murojaat ortidan Andijon şahar hokimi Bahromjon Haydarovdan intervyu oliş uçun kelgan “Vodiy 24” naşri jurnalisti Şuhrat Esonov qabulxonada navbat kutib ötirganida bir ayol (Donoxon Rejapova) kelib, tasvirga oliş guruhiga bosim ötkaza boşlaydi. Ayol ularga “Hokim oldiga kirmaysanlar!” deya baqirib, beparda sözlar bilan haqoratlaydi.


Ayol blogerlarni turtib taşqariga çiqaradi va ularning fotouskunalarini taşqariga uloqtirib zarar yetkazadi. Ayolga: “Opa, jurnalistik suriştiruvimizga qarşilik qilyapsiz. Hozir IIBni çaqiramiz”, deb aytişganida ayol unga IIB ham heç narsa qila olmasligini aytib, yana nojöya sözlar bilan sökina boşlaydi va jurnalistlarni qabulxonadan turtib quvib çiqaradi.
















