Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 15 fevral kuni soat 00:10 larda M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Şarof Raşidov tumani Xalqobod mahallasi hududidan ötgan qismida odam ölimi bilan boğliq YTH sodir bölgan.

Şarof Raşidov tumani Xayrobod mahallasida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan haydovçi Samarqand yönalişida Nexia maşinasini boşqarib borayotib, özidan oldinda harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati Vobkent tumanida yaşovçi fuqaro boşqaruvida bölgan Volvo yuk maşinasini quvib ötişga uringan. Şunda Nexia Volvöning old çap tomoniga tegib, boşqaruvni yöqotgan va yölni ajratib turuvçi beton tösiqqa urilgan.

Oqibatda Nexia yölovçilari, Xayrobod mahallasida yaşovçi bir nafar erkak va ayol voqea joyida halok bölgan. Haydovçi va yana bir yölovçi, şuningdek, uç nafar voyaga yetmagan bola turli tan jarohatlari olib, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filiali jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.