O‘zbekiston | 11:39 / 21.02.2022
29575
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha bahoriy iliq, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kunduz kuni harorat 18-21 daraja issiqqacha ko‘tariladi, bu kun me’yoridan 7-9 darajaga yuqoridir.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertadan ish haftasining oxirigacha Kavkazdan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda, bunda respublikaning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 

Havo harorati kechalari asosan 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 13-18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, bu iqlimiy me’yordan yuqoridir.

Poytaxtda hafta davomida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda, faqat 25 fevral, juma kuni biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.

Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid